September 2007


Mana muborak ramazon oyining tonglaridan birida navbatdagi ilm sari harakatlar izidan yana o’yga tolar ekanman, hali juda ko’p narsalarni ko’rib ularning asli mohiyatiga yetmayotganimga, ko’plab voqeliklar hayratga solib qo’yayotganidan biroz og’ringan bo’ldim.

Aytishlaricha ramazon oyi barcha shaytonlar kishanlanadigan buyuk va mo’tabar oydir. Shunday bo’lsa ham ushbu oyda ko’plab nojo’ya hatti harakatlar qilishni ep biladiganlar bor ekan, shundaylarni ko’rib inson oh deb faryod urib yuborgisi keladi.

Shu oyda go’zal ezgu niyatlar ila ro’zani tuta boshlaganlar har hil sabablarga ko’ra o’zlarining ilk ko’zlagan niyatlarini yoddan chiqarib qoyishlari ham mumkin ekan. Har hil bo’lmag’ur gaplar ila o’zlariga bahonalar topib nima sababdan ro’za tutmay qo’yganliklarini jon holatda tushintirar ekanlar, mening hayolimda aylanayotgan yakkayu yagona fikr – “aslida sizlar buni menga emas go’yoki o’zingiz shu ishingiz balki joiz emasligini sezganliklaringiz uchun o’zlaringizni yupatmoqchi bo’lganday shuni aytyabsizlar, mendan aslo uzr so’rab, tuta olmayotganingiz sababini tushuntirishlaringizning darkor emas”, degan fikr aylanaveradi, aylanaveradi. Qachon uzr aytishlarini tugatadilaru men shularni ularga aytaman deb yana ko’ngil siqilaveradi.

Ajabo, inson zoti payti kelganda juda so’zga chechan bo’lib ketarkan. O’z uzrlarini aytish, o’zlarini oqlash uchun nimalar o’ylab topishmas ekan! Bularni ko’rib turib insonning fantaziyasi naqadar kuchli bo’la olishiga tan berib yuboraman. Yana aytaman: “menga uzr aytishni bas qilingizlar, ahir men kimman, Allohdan mag’firat so’rang”, deymanu, ular uchun ichimda duo qilaman: “Allohim shu bandalaring qalbiga ham imon nurini solgin!”

Garchi o’zi musulmon bo’lmasada bizarga bo’lgan hurmati yuzasidan, kuni bilan birga yurib og’ziga urvoq ham olmaganlar esa bu holatni ko’rib umuman o’zlarini yo’qotib qo’yganliklari esa yana odamni ko’nglini hira torttiradi. Ular garchi diningni to’liq tushunib yetmasalarda hurmat yuzasidan qilayotgan oliyjanobliklari bu. Gohida o’zini musulmon atab yurganlarning amallari kofirlarnikidan oshib o’tar darajada nojo’ya bolishi ham mumkin ekan. Va dindor bo’lmasalarda qalblari ila his qilgan odamlarning oliyjanobliklari esa har bir qilgan amalimiz ezgu niyat va qalb namoyonligi ila qilinmasa bir pul ekanligiga yana bir nishonadir.

Dunyo ishlari qiziq ekan, yahshi niyat ila, bir necha kun mobaynida tayyorlanib, shu yerdagi o’zbek ayol-qizlarni chaqirib bir iftorlik qilay degan qizning ham hatti harakati zoye ketdi nazarimda waallohi a’lam.

U shuncha odam ro’za tutgan birgalikda bir chiroyli iftorlik qilsak, zoye savoblarimiz ko’payar bilganlarimiz ila o’rtoqlashib ham olarmiz degan niyatda qilingan tadbir ham umuman o’zga yo’nalishda ketib qoldi.

Shuncha kelganlardan hech qaysisi ro’za tutmagan, tutganlarning ustidan kulishgan, ha dieta qilyabsizmi qayeringizga dieta qilasiz shundoq ham nozikkinasiz, voy anavi qog’ozga sura yozib qo’yibsizmi (uy egasiga) uni o’rniga televizor yoniga chiroyli rasmlardan qo’yib qo’yib ko’nglimizni hushnud qilmaysizmi, deb har hil g’iybatlarga o’tilgach, odam dod deb bu yerdan chiqib ketgisi keladi.

Shunda ham hech bo’lmasa shu oyning hurmati bunday gaplardan yiroq bo’lishga qilgan undovlaringizdan esa ensalari qotib, hali siz ham ro’za tutasizmi, degan kinoyalari ila battar ko’ngilni honavayron qilisharkan. Ko’ngil osmoniga kelgan hafagarchilik bulutlarini darhol tarqatib ularga ham yaratilishimizda ruhimizning nurdan iborat bo’lgan qismi qayta kelishini tilab qoladi inson.

Hullas, o’zlari aytmoqchi o’yin kulgi vaqti tugab uylariga, qaytar chog’i duoga qo’l ochar ekanlar aytgan duolaridan ham odam har bir kishining niyati har hil bo’lishini bilarkan. Va o’zlarining niyatlari shunday bo’lganligi uchun boshqalarni ham o’zlari kabi deb bilishlarini odam tushunib yetarkan. Dieta qilganlar shu bir oyda ozlari hohlagandek ozib jahon standardlariga to’g'ri kelib qolishsin emish

Meni chaqirgan insonga, iltimos keyingi safar bunaqa insonlar kelar ekan menga aytib qo’ygin, hafa bo’lsang ham kelmay qo’ya qolay, sen meni bilasan, nomiga u bu ish bitirish uchun tanish bilish orttirish niyatim yo’qligini bayon etdim. Hamda hadislarning birida aytilishicha: “Odamlar bilan munosabatni olov bilan munosabatga o’hshatishimiz kerakligini, agar bu olov tafti yoqimli bo’lsa unga yaqinroq kelib isinishimiz, agar kuydurguvchi bo’lsa undan uzoqroq turib o’zimizni ehtiyot qilishimiz kerakligini” aytib, men ham shunday gaplari, ish-harakatlari ila qalblarni kuydurguvchilardan sal uzoqroq bo’lishni loyiq topishimni, zero bundaylar sening undovlaringga loaql mafkura qilib ko’rmasliklari, aksincha ensalari qotib ko’nglingni hira qilishlari mumkinligini tushuntirdim.

Balkim bu gapim ila uni ham sal hafa qilib qo’ygandirman, lekin inson birov ta’siriga juda tez berilarkan, shundaylar ta’siriga u ham tushib qolayotganiga ko’z yumib keta olmadim halos.

Gohida o’zimdan hafa bo’lib ketaman, shuncha dunyoviy o’yu havaslarimizni amalga oshirishga harakat qilib, tog’larni talqon qilishga tayyor bo’lgan odam, mana shunday kundalik hayotda o’zlari yolg’on tushunchalarga ega, va boshqalarni ham shu tushunchalar sari chorlayotganini ko’rib turib shunday mahalda kuchli dalillar ila ular aytayotgan gaplari turgan bitgani bo’htonligini ko’rsatib bera olishga qodir emasligimdan homush tortaman.

Shunday mahalda yana yaralangan qalbga darmon istab Yaratganning kalomiga qayta ko’z yugurtirar ekanman, u yerda aytilgan har bir so’z zohirida olam olam ma’no yashiringanligi va shunday bir voqeliklar tufayli yana bir haqiqatlarni tushunib yetganimni anglab o’ziga shukur qilaman, va qolganlarga ham shuni anglab yetmoqlikni tilamoqdan ila o’zga choram yo’qligini sezaman.
Hammaga insofini bersin ekan!

Sakina

16.09.2007

07.36 am

Uzoq o’yu g’amla o’zimni qiynab
Bugun tong saharda qoldim men o’ylab
Nima ham qilardim shu hayot sabab
Behuda ko’z yosh tokmagum albat.

Umr shu alfozda o’tar ekan jim
Balkim bu jimlikda quyun yashirin
Uni siz tegmangiz bilmayin sirin
Izlab qolmang bostirish yo’llarin.

Hullas yangi tongla, bu yangi hayot
Alloh yolg’izlatib qo’ymagani rost
Shuncha do’stu yorlar berganda najot
Men nechun o’zimga olmayin sabot.

Tabiatni sevib, unga talpinib
Yashishim ham ketdi esimga tushib
Borib chiqib o’shal baland tog’larga
Hayolim ko’chasidan ketay bir zumga!

Unda tin olayin, erkin shamolning
Yuzimni silagan erkalashlarin
Allohning ne’mati qabul qilayin
Baland tog’ ustida hayotga qaytayin!

Eh tog’lar ketmoqda siz taraf shu on
Bir qizgina tashlab g’amin bir jahon
Qo’yningizda yayrab ko’tarilgan zamon
Hayotin boshlagay yangidan batamom!

Sakina
06.09.2007

Yelkamni ezg’ilab kelyapti ul yuk
Mendan so’rabmi berdilar ayting?
Nega ahir shuni tortmoqlik buyuk
O’zimga mushkullik qilyapti biling.

Inson zoti ekan aqlli, hushli
Javobgarligin ham kerak bilishlik!
Shuni tuygan ondin yo’qoldi tinchlik
Bolaligim qani, qani hur qushlik?

Hayronman bu ne dard na bo’ldi menga
O’g'ir bir harsangtosh go’yo gardanda
Hammada ham shumi deb nazar boqqanda
Savollar tashrifni qilmaydi kanda.

Shukrkim yana ham vaqtida eslatding
Zarni ham ko’rsatding, zor ham etmading,
Ne’matlaring qadriga yetmay ham turib
Yana qalbim silkinar yig’idan qurib.

Hayotim yo’lida olyapman odim
Har keyingisi ila yaqindir o’lim
Lek yuragim bilar qachon bir tinim
Uni bilar ekan yolg’iz Allohim.

O’zimni koyib ham nasihat qilib
Vaqtni ko’zga surib yashagim kelar
Lekin yana zardob to’la, sekin yuragim
O’zini og’riqlingin sezdirib qo’yar.

Yana qarayman men, soatga qayta
-Endi o’zingni ham qo’lga olginda!
Deya pandni qila sekin turganda
Holsizlanib yiqildim yana fig’onda.

Sababin qidirib, najotni istab
Ko’zlarim ila uni qaytadan izlab
Huddi javoblari yonu verimda
Ko’rmayatgan asli shugina qalbimda.

O’qishdayu ishda omadli qilding,
Hidoyat yo’lidan yurguvchi qilgin!
Ohiri bahayru, ikki dunyo ro’shnoligi
Yo’lida bo’lguvchi muslima qilgin :( (

Qalbimga esa – Sakina bergin!!!

I am so mad now.

Gosh, why some people that don’t even know me, try to judge me!

Do you know my, my inner world, that bruises so easily, so I have to keep heeling it all the time.

Oh, Allah pls forgive me, and accept my repentence…

Mana nihoyatda bugun ertangi imtihonga tayyorgarlik ko’ra boshladim.

Qizbola zoti shunday ekan chog’i, hayotimda ro’y berayotgan ko’plab voqeliklardan ularga oldinroq tayyorlanishni boshlashga na ishtiyoqim bor edi, na kuchim qolmayotgandi.

Lekin Allohga shukurkim hech bo’lmasa imtihondan bir kun oldin, unga sal bo’lsada tayyorlanishga o’tirdim. Hayolimda esa, bu imtihon 3ta fandan bo’ladi qani endi oldinroq tayyorgarlikni boshlaganimda edi deyman. Ha mayli na bo’lganda ham shunisiga ham shukrkim, ohirgi vaqt o’zimni qo’lga olib unga tayyorgarlik ko’rishni boshladim.

Allohim undan a’lo darajada o’tib olishga o’zing yordam bergin.

Bugun Hadislarni o’qir ekanman yana seni esladim va hayotimda bo’layotgan voqeliklarniyu, chigalliklarni nima uchun sodir bo’layotganliklarini tushungandek bo’ldim.

Ha men seni husning, moliyaviy ahvoling, oilangning kelib chiqish nasl nasabingni emas, balkim sening ilmingni, imoningni, hulqingni juda yuqori qadrlaganim uchun juda qattiq bog’lanib qolgan ekanman.

Endi esa huddi o’zimni bir keng cho’llar bag’rida yo’qotib qo’ygandek his qilyapman. Hayotning navbatdagi sinoviga bardosh berar ekanman, qani endi yonimda bo’lsang kerakli so’z aytib ko’nglimga hotirjamlikni qaytarib yana shukur hissini eslatgan bo’larding deyman.

Garchi umr savdosi bizni yo’limizni ayro qilib yuborgan bo’lsada, men seni uchratganimdan, shunday insonlar borligidan hursand bo’lib yashayman. Balkim sening gaping to’g'ridir, bizni ajratishgan bo’lsa faqat bu dunyoda ajratishmoqlikka erishishdi, lekin bit undanda oliy his tuyg’ularga ishonamiz. Balkim, bu dunyoda qiynoqlar girdobida tozalanish kerakligi uchun ham bu sinovlardan biridir. Na bo’lganda ham men seni unutmayman. Seni borligingni eslab, u yoki bu ishni qilayotganimni bilganingda bunga qanday munosabat bildirishingni o’ylab, va bu ishim ohiri bahayr bo’lish bo’lmasligi haqida o’y surib undan keyingina amalga oshirishga harakat qilaman.

Endi men insonlar orasidagi muhabbatni izlamayman. Yoq, izlamayman, chunki buni men ko’rdim, va uni asrashga, qalbimning eng tubiga eng qadrli joyiga qamab qo’yib, uni hech kimga aytmagan holda asrayman. Bu dunyo oldimizga qo’yajak to’siqlaridan yoru’ yuz ila o’tishga kuch beruvchi najotkor bir buloq bo’lib qoladi u qalbim zohirida.

Хафа бўлма: Чунки хафалик ибодатдан заифлаштириб, жидду жаҳддан тўхтатиб, муваффақиятсизлик томон йўллайди. Бундан ташқари ёмон гумонга чақириб шумликка тушириб қўяди.
Хафа бўлма: Чунки хафалик ва безовталик нафсий касалнинг асоси, асаб аламларини манбаси, тубанлик, васваса ва изтиробларни моддасидир.
Хафа бўлма: Чунки сен билан бирга Қуръон, зикр, дуо, намоз, садақа, яхши иш ва мева берувчи фойдали амаллар бордир.
Хафа бўлма: Бўш ва ишсиз қолиш орқали хафаликка таслим бўлма! Уни ўрнига намоз ўқи, тасбеҳ айт, китоб ўқи, ишга машғул бўл, меҳмон кут, зиёрат қил ва фикр юрит.
Парвардигорларингиз: «Менга дуо-илтижо қилинглар, Мен сизларга (қилган дуоларингизни) мустажоб қилурман», деди. (Ғофир-60)
Парвардигорингизга тазарру билан ичингизда (махфий) илтижо қилингиз. Зотан, у ҳаддан ошувчи кимсаларни (яъни эл кўзига кўрсатиш учун риёкорлик қилувчиларни) севмас.! (Аъроф-55)
«Аллоҳга — У зот учун динни холис қилган ҳолингизда дуо-илтижо қилингиз» (Ғофир -14)
(Эй Муҳаммад), айтинг: «Аллоҳ, деб чорлангиз, ёки Раҳмон Меҳрибон, деб чорлангиз. Қандай чорласангизлар-да (жоиздир). Зеро, У зотнинг гўзал исмлари бордир». (Исро-110).

davomi mana bu yerda

Ayrim odamlar bu dunyoga ne uchun kelganliklarini, kim ularni yaratgani va nima maqsadda yashayotganini unutib qo’yadilar chog’i.

Bugun mana shunga yana bir bor amin bo’ldim. Allohim o’zingga shukrkim, sen bizni musulmonlardan qilib yaratding va oz bo’lsada haqiqatlaringni anglattirding.

“Ona qilib yaratmasin ekan, qizim” deb boshladilar onam salom alikdan keyin horg’in va g’amgin ovozlari ila onajonginam.

-Men sendan so’ramasdan bir ish qildim, jon qizalog’im hafa bo’lamgin, nima qilsam ham sening uchun, sening baxtingni o’ylagan holda qilaman.

-Nima ish ekan, aytingchi?

-Hullas, bilasan vaqt ko’p emas, shuning uchun, bor vaqtni ham behuda hayollar qurshovida o’tkazmaslik uchun, men sen aytgan joyga borib keldim. Uzr, qizim, bilaman bu ishim senga aslo yoqmaydi, lekin nima qilay, onaman, ko’nglim havotirda edi, va mabodo yahshi odamlar bo’lmasa ular ila ortiqcha muloqotda bo’lishingni hohlamasdim.

-Nimalar deybsiz, men hech narsani tushunmay qoldim, to’liqroq, tushuntiribroq gapiring nimalarni nazarda tutyabsiz, mening hayolim hammasi o’qish bilan chog’i men u bu narsalarni unutib qo’ydimmi?

-Hullas qizim, o’zing bilasan biz o’zi hammasini senga aytmay hal qilib qo’yuvdik, faqat o’zing kelsang va rozi bo’lsang hammasi rasmiylashtirilardi. Keyingi kunlarda aytganingdan keyin ko’p o’ylandim, va sening ham gapingni yerda qoldirmaslik uchun bu ishni qilishga ahd qildim, oilamiz kattalari ila maslahat qilgach.

-Aha keyinchi?

-Hullas, meni bilasan, to’g'ri so’z odamman, birovlarni orqasidan gapirishni yomon ko’raman, va bir odamlar boshqalar haqida aytgan gaplarga ham aniq tiniq ma’lumot bo’lmasa ishonmayman. Shuning uchun to’g'ri ularnikiga bordik.

-Yog’e?

-Ha, endi u yerda bo’lgan voqealarni hammasini aytib ko’nglingni hira qilmayda, to’g'ri hulosaga o’tib qo’ya qolay. Qizim, bizning hammamiz juda kamtarmiz, men sizlarni atayin shu ruhda o’stirganman. Hech qachon kibr havoli bo’lib ketishlaringga yo’l qo’ymaganman, va buni umuman oqlamasdim. Meni ko’nglimni siqqan narsa shu ularda mavjud bo’lgan kibr, havo bo’ldi qizim. Men shuncha ular ila ochiqchasiga, do’stona, samimiylik ila suhbat qirushga harakat qilsamda mana shu kibr ularga ham shunday qilishga yo’l qo’ymasdi. Hullas qizim biz bunaqalar ila aloqada bo’la olmaymiz. Shunig uchun endi hamma ishlaring 14ida tugasa, 15ida kelda, meni bag’rimni to’ldir qizim. Unaqangi har hil odamlar gapiga ishonma. Mayli ular shu biron bir ishlari ila mag’rurlanib yurgan bo’lsalar, biz ularga teng kela olmaymiz, bizda ham g’urur bor, or bor, lekin nima qilsakda chin dildan qilganimiz uchun buni ro’kach qilib o’rganmagnmiz. Ho’pmi qizim, jon qizim mendan hafa bo’lmagin…

-Onajonim, qadrdonim, yagonam, men uchun shuncha joningiz halak bo’libsizu men sizdan hafa bo’lamanmi, hop mayli nasib bo’lsa yanada tezda uchrashamiz, men harakat qilaman 15iga kelishga ana shunda bir birimizni bag’rimizga bosib diydorimizga to’yamizda bunday kishilardan hafa bo’lib emas ularga ham kamtarlik kamolini berishini tilaymiz.

Kibrdan saqlasin ekan, zero bu yahshilikka yetaklovchi omil emas. Men mana shu bo’lib o’tgan voqea ta’siridan ham o’zimga yana bir dars oldim. Inson qay holatda bo’lmasin kamtar bo’lishi kerakligi, faqat kibrning bo’sh havolariga ishonib ancha narsani qo’ldan chiqarib qo’ymog’i mumkin ekanligi, va bunday kibrli zotlar ila ish ko’rish ham mushkul bo’lajagini tushundim. Albatta kibr qilganga yarasha qanday javob berish kerakligi ham uqdirilgan, lekin buni anglab yetish hammaga ham berilmagan chog’i.

Yo’q onajon, men sizdan hafa bo’lmadim, faqat yana bir bor o’zimning sodda ekanligimdan, va odamlarni ham o’zimga o’hshatganimdan, ularning har turda bo’lishlarini, har hil voqeliklar ta’sirida o’zganrgan bo’lishliklari mumkin ekanligini unutib qo’yayozgan ekanman. Menga buni tushuntirganingiz uchun tashakkur.

Men yana bir bor hursand bo’ldim, mening shunday bir zukko va tadbirli onam borligidan, biz ham shunchalik darajalrga erishisha olgan ekanmiz.

Esingda bormi men senga shu tog’ haqida gapirgandim.

Mana shu to’g bir davlat ila ikkinchi davlatni ajratib turadi deb kulib qo’ygandim. Men o’shanda bu ajratib turuvchi tog’ nafaqat davlatlarni balkim, ko’plab boshqa ma’nodagi borliqlarni ham ajratib turishini tushunmagan ekanman.

Bugun yana homushlik ichra o’tirganimda nigohim, derazam ro’parasidagi toqqa tushar ekan. Shu tog’ naqadar ko’p narsani ma’joziy ravishda ajratib turganini tushundim.

O’ylab qarasam quyosh ham shu tog’ ortiga botar ekan. Demak u men uchun, hozirgi yashab turgan joyimga nisbatan bu foniy dunyoni narigi abadiy dunyodan ajratib turgandek.

Har ibodatimda Allohga qarata yuzlanar ekanman shu tog’ taraf boqib so’rar ekanman.

Bir davrlar bor edi, bu tog’ ortiga botayotgan quyoshni tomosha qilib, u ohirgi nurlari ila ufqni uyatdan qizartirgani va buni ko’rib ta’sirlangan bulutlarni ham go’zal pushti rangga bo’yaganidan, men o’zimni baxt osmonida huddi o’sha ufq va bulutéar uzra kezgandek his qilar edim. Va bundan butun borlig’imga shukur hissi to’lib, o’zimni qo’yarga joy topa olmas edim.

Mana bugun esa bu toqqa mungli nogohimni qadar ekanman, men o’sha onlar uchun, shu hotiralarni yodga solib yana shukr qildirgani uchun ohista kulib qo’ydim. Hozirda shu tog’gina senu meni ajratib turibdi. Ertaga esa to’siqlar bundanda ko’payaveradi. Bundan habarim bor.

Ilk hayolimga kelgan fikr, avval hayolan bo’lsada bu tog’lar uzra parvoz aylab, bulutlar ustida orom olardim dedim, hozirda esa bu tog’ning o’ziga qarash ham naqadar mushkul bo’lib qolgani, unga chiqish esa undan ham qiyin ko’rinayotgani bo’ldi.

Na bo’lganda ham, men sen to’g'ringda aytilgan yahshiyu yomon gaplarga ishonmasman, balkim ongim bunga to’sqinlik qilayotgandir, balkim u haqiqatni tan olgisi kelmayotgandir halos. Lekin nimagadir men bularga ishongim kelmaydi vassalom. Ha mayli dunyo ishlari shunaqa ekan, na qilamiz, ojiz bandasi bo’lsak, balkim bu senu mening yahshiligimiz uchun, hozirda bunga javob berishga meni aqlim hayron. Har xil sabablaru, korlarni keltirishar ekan tilimda ko’namanu, lekin dilimda inkor etaman, buni yolg’iz Yaratgan egam biladi halos deyman va shu ila o’zimga taskin bergan bo’laman.

Balkim bu dunyoda kirliklar ko’pligi uchundir, bir soflikning endi nish urib kelayotganini ko’rishgan zahoti uni o’ldirishga bo’lgan ishtiyoq hammasiga sababdir, bilmadim. Lekin men shu umrimda o’zimni yo’qotayozgan chog’imda seni uchratganligim va seni vositangda ko’plab narsalarni anglab yetaolganim uchun shukur deyman.

Shu damda, bir mashhur gap yana esimga tushdi, emishki hayotimizda uchratgan har bir kishinig hayotimizda biron bir roli bor ekan, osha roli bitgach u hayotimizdan ketar ekan. Balkim biz bir birimizni uchratganimiz ham shu sababli bo’lgandir. Va agar bu uchrasihuv orqali buyuk haqiqatlarni anglagan bo’lsak, uni yo’qotib qoymay, ko’z qorachig’idek asrab avaylash endi bizning vazifamizdir.

Zero bunday ikkinchi imkoniyat bo’lish bo’lmasligi yolg’iz Allohga ma’lum.

Next Page »