Mana yana bir bor, men sovuq ter ichra uygo’ndim…

Sababi yana odatdagidek tush. Voajab, doim shunaqa o’yu hayollaring qiynoqlar iskanjasida, vijdoning ham azobda bo’lgan mahallarda butun hayolot olamingni egallagan narsalar, ular o’ylaringda bo’lganini ko’zing oldiga keltrimaganingda ham aslida ular sening borlig’ingda namoyon ekanliklari ana shunday tushlar zamirida o’zini sezdiradi.

Albatta bunday tush tufayli o’zimni yanada qiynoqlarga solib, gumonlarga borib qolishim noto’g'ridir, yahshi tush Rahmondan, yomon tush shaytondan, deb uning yomonligidan panoh so’rab, yahshiligini nasib etishini so’ramoq darkordir.

Lekin, nazarimda bunday tushlar, yana ongimizning tub tubida yotgan, va qaysidir darajada bor bo’lib, biz uning borligini inkor qilayotgan narsalar aslida ham bor ekanligini, ularni to’liq unutib yoki inkor qilib yashamoq balkim to’g'ri emasligiga ishoradir.

Bunday ishoralarni esa to’g'ri tushuna bilish va unga yarasha choralar ko’rish kerakdir.

Nimagadir, urush kelayotganmish, yo ohirzamonmidi? Hullas hamma har narsasini olib ulgurushga yugurgan, odamlar hammasi halaklar. Biz esa yana singillarim ila uchalamiz bobom rahmatli honadonlarida ekanmiz. Demak, oz qoliptida, biz ham tayyorgarlik ko’rishimiz kerak degan ma’noda, sekin harakatga tusha boshladik.

KO’chaga chiqsak, yer oyoq ostidan ketib qolyapti, go’yoki yer ostidan bir ulkan narsa chiqmoqchiyu yder yorlib ketmoqchidek, buni ko’rgan odamlar dod solib har tarafga qochmoqdalar. Bz esa tuproqning sekin ketib borayotganini ko’rib vaqt kam qolganligini sezib, “ha vaqt kam qolibdi shoshilish kerak” deb qadamni tezlashtiribmiz.

Shunday qilib tumonot odam bor bir magazinga kiribmiz, u yerda qavatlari juda ham ko’p emish, odamlar hammasi nimalarnidir olib qolish uchun yugurarmishlar. Biz ohirgi qavatiga ko’tarilibmiz, nazarimda bu joyga men oldin ham kelganman va o’sha kelganimdan beri bu joy ancha o’zgarganligini, yani ko’plab narsalar olib ketgilganligini, uning fayzi ancha ketib qolganligini ko’ribman. Hullas eng ohirgi qavatning bir qismi alohida ekan, osha yerga kiribmiz, qarasam bo’m bosh, ha bu yerda tilla zargarlik buyumlari bir vaqtlar qalashib yotishini esga olibman. Hozir esa bo’m bosh. Narigi bo’limga o’tbmiz, bu yuqori qavatda odamlar kam ekan, hamma asosan past qavatlarda gimirlab yurardi. Kirib kelgan joyimiz erkaklar kiyimi bo’limi ekan, undna so’ng esa ayollar kiyimi. Singillarimning boshiga shapka qarash uchun o’sha tomon ketarkanmiz, paypoqlarga ham ko’zimiz tushibdi. Ulardan ham olgan bo’libmiz, singlim ikkita pushti shapkani kiyib ko’rgach kongliga otirmagach yoqmay qaytibmiz.

Uyga qaytib kelsak, ayam kutib o’tiribdilar, bizni hayallab qoldi deb havotir olib. Endi barcha joylarni yopish kerak dermishlar, men esa ichimda o’ylarmishman, yopsak ham baribir omonat yo’qku deb, Allohga isteg’for aytish kerak balkim deb.

…………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………..

Bu tush ila, yoshligimda ko’p ko’rgan bir tushimning mohiyatiga yetdim. Garchi ular orasidagi bog’lovchi nuqtani topa olmasamda qandaydir u menga osha avval qayta va qayta kirgan tushimni tushuntirib berdi.

……………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………………

Bir ko’lning yonidan o’tib ketayotsak, undan bir ilonsifat mahluqot sakarb chiqibdiyu bizni quvlashga tushibdi. Biz undan qanchalik tez qochmaylik u yetib olay olay der ekan. Endi qochib uzoqlashib boshlasak u yorilib ketar va ichidan huddi shunday mahluqotlar yana minglab ko’payib quvlashga tushradilar. Biz ulardan qochgan sari shunaqa hammasi yorilb ko’payaverib olamni qoplaydigandek ko’rinardilar….

Men rahmatli otamdan so’radim: “Otajon, o’sha mahluqot nima edi?” deb. Rahmatli otam javob berdilar:”Nevaraginam, buni otini – gunoh, deydilar! U shunday narsaki, bitta gunoh qilib tavba qilmasang u keyingisini qilishingga olib keladi, keyingisi bo’lsa yana boshqasini. Shuning uchun, biz halol topib halol yeyishga, pok insonlar orasida bo’lishlikka, gunoh ishlardan qochib yashamog’imiz kerakki, ular bizni o’z komiga tortib ketmasinlar. Bundan Allohning o’zi asrasin!”