January 2008


Yosh bolani Requiem aytganini ko’rganmisiz? Unday bo’lsa maslahat bermayman, bolalik davri sururini surish o’rniga Motzartni ham qabrga qo’ygan Requiemni chin ko”ngildan yig’lab aytib turgan bolani ko’rgan odamni ko’ngli ezilib ketadi. Ayniqsa “Lacrimosa” qismini kuylayotgan Alto ovozli 4 yoshli qizchani ko’rib inson hayajondan yoqa ushlaydi.

Shodmonlik izlama, ohir boshinga g’am kelur,
Odamining boshiga andishayi motam kelur.

Osmonga etsa boshing misli Muso homush o’l,
Sar daraht nurmeva bolgan songra boshi ham kelur.

Odamiyning asli birdur, bir-biridin farqi bor,
Necha qari o’tgan soghun dunyoga bir odam kelur.

Vahmi mahshardin gapurmang norasoni oldida,
Goshi kargha haq sozi albatta noforam kelur.

Yighlamoq oson emasdur, ey jigarbandim, eshit,
Mulki dil sadpora bolghan song kozingdan nam kelur.

Olimi ilmiga maghrur, johili isyonga gharq,
Kas ne bilsun, rozi mahshar kimni toshi kam kelur.

Yoshligingda yolga kirghil, toki topqaysan kamol,
Gar jarohat kohna bolghan songra bemalham kelur.

Mashrabo, siynamdagi dardimni aytsam, arsh kuyar,
Yol hatadur, qorqaman, majlisga nomahram kelur.

Boborahim Mashrab

Jonimdin o’zga yori vafodor topmadim,
Ko’nglumdun o’zga maxrami asror topmadim.

Zahiriddin Muhammad Bobur

Bugun turib turib dunyoga sig’may ketdim, bu g’alar his qaydan kelganiga o’zim ham hayronman. O’zimga dakki berib shukur qilmaysanmi deyman-u. Qani endi bu so’zlar kor qilsa. Shunday mahalda darding kimga yorishni bilmay qolasan. Qo’limga telefon go’shagini olarkanman butun adres ro’yhatini ko’zdan kechirib chiqqach, vijdonim na qilasan boshqalarni o’z qalb siqilishlaring ila bezovta qilib deydi-da, uni yana joyiga sekin qo’yaman.

Shu onda qalb o’zi nima deyman. U nimadan bunchalik siqiladi?

Kaminaning tahminicha qalb yurakda joylashgan. U boshida shunday toza, musaffo, saffof oyna bo’lgani uchun ham eng oliy tuyg’ularimiz u yerda makon quradi. Rabbmiz, ota-onamiz, oilamiz, yaqinlarimiz, dostu-birodarlarimizga uning to’ridan joy ajratib beramiz. Lekin bu musaffo oyna dunyo kirdikorlaridan va taqdir charhpalaklaridan necha sinib, qayta tiklanib chiqsada, uni doimo yana tozalab ravshanlashtirib turish hayolimizga ham kelmaydi. Gohida dunyo ko’zimizga tor ko’rinib ketishi balkim ana shundandir? O’ylay o’ylay shu hulosaga keldim. Qalbdek pokiza, mo’tabar joyda eng buyuk hislatlarimizu, o’ylarimiz joy olgan ekan, u yerni o’z vaqtida sarishta saronjom qilib turishlikni yoddan chiqarmasligim kerak ekan. Inshaalloh, shunda qay tarafdan kelgan nogoh siqilishlar o’rnini yorug’lik nurlari chulg’asa.

Taqdir yuki boshimga balolig’ bo’ldi,
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,
Oz yurtni qo’yib Hind (Garb) sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur