April 2008
30/04/2008
Tonggi murojaat…
Posted by sakina19 under Diary, My poems | Tags: Alloh, murojaat, namoz, shukur, tong |Leave a Comment
07/04/2008
Tug’ilgan kuning muborak asaltoyim!
Posted by sakina19 under Diary, My poems | Tags: anniversaire, asalim, birthday wish, chérie, ma petite soeur, singlim, tug'ilgan kun |Leave a Comment
Jajjiginam, erkaginam
shu kunginang muborak
Alloh karomi sen ham
Bergan seni bizga qandak!
Ko’ngillarimiz sururi
Oilamizning g’ururi
Ota onamiz bor budu
Senga doim mushtarak!
Tilab tilab olganimizsan
Qalbimizning quvonchisan
Doim bo’lsin kulgu hamdam
Diling bolsin shunday ravshan!
Oilamiz kichkintoyi
Jajjigina erkatoyi
Namozda bo’lgin qoim
Nurli bo’lgin Ilohim!
Qalbimdan chiqqan tabrik
Tilagimning g’unchasi ilk
Iloji ham bo’lsaki
Barchasini qilay bitik!
Allohimning xolisa
Bir qizi bo’l muslima
Seni ko’rgan chog’da
Yurak to’lsin shukurga!
06/04/2008
05/04/2008
Sendan xabar kelmagan kun
Posted by sakina19 under Diary, My poems | Tags: sizsiz o'tgan kun, sog'inch, xabar, xat |Leave a Comment
Jonim, sizdan kuni bilan bir xabar ham olmadim,
Ko’nglimga sig’mas quvonch, dunyoning ne’matlari.
Xa, to’g'ri ajoyib bir damlarni o’tkazdim man.
Lek ushbu onlarim sizsiz o’tganin sezarman.
Bor yo’g'u bir qator xat yozsangiz bo’lmasmu?
Yoki 1 daqiqaga sim qoqsangiz o’lmasmu?
KO’nglimni ko’tarish chun
Ortig’in tilamasman.
Bunday qiynoqlarga
Tashlamang chidamasman.
Xa bilaman, do’stlarni diydoriga toyyabsiz
Lekin yoringiznichi unitib ham qo’yyabsiz
Bu ne ko’rgulik, nega siz
Bunday yo’llar tutyapsiz?
Balkim juda ham qattiq o’rganibman men sizdan
Har kun u bu bo’lsada bitik olib o’qishga
Omadli kunlardachi ovozingiz tinglashga
Bugun esachi evoh ikkisidan ayroman.
Telefonim ham xatlarim tekshirdimku men 100 bor
Har gal mahzun tortib yana sizdan na xat na xabar bor
Axir shuncha so’zlardan keyin qilmaysizmi or
Yuragim yarmi siz deb so’ramaslikka bir xol?


