Tun davomida mijja ham qoqmadim
Negadur g’ash yana ushbu ko’nglim
Shukrkim namozni aylagan taqdim
Allohga yuzlanib so’rdim, yig’ladim.
Yo Haq, Yo Qoyim, kechirgin meni
Shuncha ne’matlarni beryapsan yana
Menchi ojiz banding bir ojiz
Hamdni aytmoq chiqar yodimdanmi-a?
Ko’nglimga taskinni berasan O’zing
Qalbim sening yo’lingda bo’lsindan qoim
Qaydan keldi tashvish bu ne ko’rgulik
Nafsim isyonidan asragin doim.
Yetishay degan ulug’ ne’mating
Asray bilmoqlikni nasib aylagin.
Axir O’zing unga ko’nglim qaratding
Ne uchun bunchalar zor ham aylading?
Balki sinovingmi yana bilmadim
O’zing insof bergin, iymonim asragin!
Fe’lim tor hamda noxush qilmagin
Yolg’iz umidimni sendan tiladim!
Ezgu niyat ila boshlangan ishni
Jannating yo’liga bo’lgan tirqishni
Qaytarib qo’yma qilma bir qizni
Chigil yo’llarida zor, hayotni.
Rosulim (SAW) ham aytganlar bilsam
Tilarmidim dunyo qiyinchiligin men ham
Sirlari yolg’iz Ungadir ma’lum
Azobga qo’ysang, qanday ko’targum?
Fajr ham sening bir mo’jizang ekan
Shul damda dilimdan duolar qilsak
Demishlar eshitib bajo aylaysan
Shu onda yangraydi yolg’iz bir xitob!
Allohim ne’mating shukrin aytaman
Bilganim, topganim so’zlarim ila
Ular asli qalbdan to’kilgan cheksiz
Duru, gavhar ilm nurlari ila!
Buyuk ismlarin hurmati haqqi
Qabul ayla duomni mening
Shul bandingning bergin ne’matin
Butun to’la to’kisligin.
Yodimga tushadi yana va yana
Qaytaribsan hatto berganlaringni
Shukr qilmagan bir johil banding
Qilganda isyon to’qlikka sho’xlikdan.
Hayol quyiladi, ketdi sakiynat
Tong bag’rin to’ldirar ajib sukunat
Shafaqni bo’yadi qon rangi bilan
Kursingga bosh qo’ygan quyosh nur ila.
Bo’ldi tushundim Yaratgan Tangrim
Noumidlik asli Shaytonga xosdir
Ochib qo’ymishsan Rahmat eshiging
To jon chiqqan mahal, Rabbim ig’fir li!
Hayotda yangi bir ostona bo’yla
Ko’zim jovdiratib turar ekanman
Nasib ayla Yo Haq, tavhid asosda
Qurmoqlik bir go’zal hayotni bizga!
Ketar chog’imiz ham aytar so’zimiz
Shahodat kalimasi bo’lsin degaymiz
Buyuk nikoh ila qurgan oila
Sening rahmatingla to’lsin, Rabbimiz!
Sakina
29/04/2008
05.30am