
Sog’inmaysan deya qiynamang meni
Shu siz ham qiynalgan bu yuragimni
Porangizman axir jigaringizning
Sizlardan uzoqda bo’lishim asli
Ta’titmaydi hayotim burilishini.
Qadriga yetishchun buyuk ne’matin
Sizlarsiz yashayotganim yetmaganmidi?
Bekorga aytmaslar baxtli onlarda
Ulashilgan baxt ham bo’lmagay kanda.
Sizlarning yonimda bo’lishlaringiz
Qalbimda eng katta orzu shu damda.
O’yladim sizlarni, o’yladim Uni,
Meni o’ylguvchi ham topilarmi?
Ta’na toshlarining o’rnini
Dalda so’zlarila to’ldirolarmi?
O’pkalashingizni eshitgan sayin
Hech vaqo ko’rinmas ko’zimga tayin.
Taqdrim shu ekanda, ona netayin?
Allohning amriga quloq tutayin.
Yana yig’lashimni bilasizmi-a?
Mehrim berolmayin qiynalishim-a?
So’rayman deymanu duongizniya
Ta’nangiz qiladi yuragim pora.
Axir o’ylab ko’ring osonmi menga?
Shul kunlarda yolg’iz yurmoqligima?
Ishim, o’qishlarim, ko’chishim hamma
Bitta o’zginamning yelkaginamda.
Qay biriga ulguray ayting onajon?
Qani bo’lsa yonimda bitta mehribon!
Allohim yordamidin qilmayman gumon
Do’ppi ham topilar tan bo’lsa omon.
Bormoqchi edim men aslida oldin
Noroziliklarin aytdilar netayin?
Ikki o’t orasida qolib izg’irin
Tanladim ularning roziliklarin.
Men ham hoxlar edim onajonginam
Boshqa o’zbek qizi kabida yursam
To’yning harakati yonizda bo’lsam
Ulardan charchasam bag’rizda bo’lsam.
Peshonam yarqiragani yana shuda
Doim boshqacha hayotim aslida.
Shuni tushunib yetingda ona
Hamma kabimasdim oldindan.
Bu kunlar shirindir balkim qaranga
Ta’timas menga ular hechamda
Kelin ko’ylagimni tanlashlarimda
Maslahat beruvchi bo’lmadi yonda.
Hammasi Allohdan degani shuda
Unga ibodatni qilmayin kanda
Shu o’tkinchi dunyo orzularidan
Bo’lib qolmay osiy bir banda (astag’firulloh).
Sabrni hali ham o’rganmoqdaman
Sizni ozorladim-ko’ngil toridan
Kechiring meni bandaman, netaman
Ilojini qilsam vaqtli ketaman. (InshaAlloh).
