Eh odam zoti-a qaerlardan topadi shunday gaplarni. Hamma o’zi xohlaganicha va o’zining dunyo qarashi, ruhiy holati va hayolini band qilgan narsalar tufayli bu dunyo voqealarini har xil qabul qiladi deganlari rost ekanda.

Bugun eshitganimdan ko’nglim qattiq o’ksidi. Odam nima qilarini bilmay qoldi. Bir tarafdan qil qil deb qo’yishmaydi, shu darajadaki hatto bizning o’rnimizga kelajak rejalarini ham tuzib tashlashar ekan. Ha mayli, orzu umid hammada ham bor deb hursand bo’lib miyig’ida kulib qo’yaveramizu Alloh bergani bo’ladi deb, keyin esa mana shu havaslarni deb juda ham ko’p harajt bolib ketmaslik uchun qo’yilgan ehtiyotkorana qadamlar tufayli hammasiga aybdor men bo’lib chiqayotganimni bilib ich ichimdan qirindi o’tib odam xo’rligi kelarkan.

Allohim, hamma narsani o’zing bilib ko’rib turguvchisan. Yo Xaq barchasini o’zing eng to’g'ri yo’lga boshlaginki hamma uchun ideal bo’lgan bir yechim bergin.

Har taraflama o’ylab ko’rib men ota onalarimiz aytayotgan gaplariga ko’nishga ham rozi bo’lib turgandim. Lekin axir bunday qiladigan bo’lsam yana ishlamaslik bu tufayli moliyaviy taraflama topganimiz o’zimizga yetadigan bo’lsa katta gap bo’lib qolishini o’ylasam, shu orqali juda ko’p kelishmovchilik kelib chiqishini o’ylab yuragim orqaga tortib ketdi.

O’zing sabr bergin, o’zing go’zal xulq, shirin so’z, chiroyli muomala, hammaning xurmatini joyiga qo’yadigan, ilming ila qalbmni iymonimni yoritib turadigan qilgin!

Aytishlaricha bugungi kun farishtalari o’zidan avval boshqalarni o’ylaydiganlar ekan

Bo’lsa bordir lekin farishtalar Allohning shunday jonzotidirlarki ular biz kabi issiq jon emaslar, ularning tabiiy qoniqtiradigan majburiyatlari yo’qdir. Ular bizga o’xshab yeyish, ichish, kiyim kiyish, boshpanali bo’lishlari kerak emas. Bizdan shu xislatlarni so’raganlar ko’ngliga ana shunday o’ylar ham kelsa chakki bo’lmasmidi. Garchi biz qo’limizdan kelganicha ularga yordam berish, hursand qilib duolarini olishni orzu qilsakda bizda ham o’shal tomoq, o’shal issiq jon borligi, bu jon ham bizga yaratganning omonati ekanligi, bu omonatga hiyonat qilish esa naq shirk kabi ekanligini bir zum bo’lsada fikr qilsalar… eh Allohim ular o’zlari nima deyayotganlarini to’liq anglamayaptilar chog’i albatta hammaning ham o’z farzandi ko’ziga oppog’i bo’lib ko’rinadi va unda bo’lgan sal o’zgarishlardan esa doimo boshqalarning ta’sirini topib u orqali o’zlarini tinchlantirib qo’ygilari keladi.

Aslidachi, o’shal ayblangan inson bu narsadan butkul xabari yo’qligi va bu narsa hayol ko’chalarining yaqiniga bir asrlik masofaga bo’lsada yaqinlashmaganligi aksiga yaxshi va ezgu niyatlar ila ular duosini olmoqlik ekanini anglamaydilar. Ha kimning haqiqatda qanaqaligini yog’iz Allohgina biladi. Shuning uchun o’zgalardan xafa bo’lishga haqqim ham yo’q bunday olib qarasam. Hatto payg’ambarimiz SAW ham ularni mazahlab kulayotganlarni la’natlash u yoqda tursin ularning yonini olib: “Allohim ular nima deyayotganlarini o’zlari bilmaydilar” der ekanlar, vallohi a’lam. Shundanda o’git chiqargan holda bu ko’ngilni xira qilguvchi holatdan o’zing yorug’ yuzli qilib chiqarishingni so’rayman, Allohim!

Sabrli va go’zal xulqli qil!