January 2009


Today it is inshaallah 121 days to go!

Bu bir kundalik xalos!

Shu yerga ko’nglimga kelgan narsalarn yozaman xalos!

Shuni ham ko’p ko’rasizmi???

Bu kinoni ko’rdib odam o’ylanib qolarkan. Shu o’ylatadigan, hayotga yana bir bora baholash ko’zi bilan qarashga chaqiradigan kino ekan. Xullas ikki yosh uchrashib, sevishib turmush qurishadi va 2 farzandli bo’lishadi. Eri bir katta kompaniyada oddiy ofis hodimi bo’lib ishlaydi. Xotini esa aktrisalikka o’qigani uchun ushbu kasbini davom etishga harakat qiladi. Lekin uning baxtiga qarshi o’ynaga rollari yaxshi chiqmaydi. Shu lahzadan boshlab u sinib boshlaydi. Chunki hayoti koziga bosh va umidsiz ko’rinadi. Eri esa uning bu holatini ko’rib yordam berish o’rniga, ishxonasidagi sal ahmoqroq bir sekretari bilan yura boshlaydi. Xotinining ko’zlari ma’yus ekanligini ko’rsada, zo’rg’a jilmayib turganini ko’rsada unga biron yordam berishga oshiqmaydi. Bir kun xotini uni juda go’zal ravishda kutib oladi va hayoliga kelgan “ulkan g’oya”ni aytadi. U hamma narsani tashlab Parijga ko’chib ketishni taklif etadi. Eri ham bir vaqtlar u yerda bo’lganini va yoqtirganini eslgacha ko’nadi. Bu kunisiga ishdan bo’shash uchun kelganda, bemalol qilgan ishi uchun boshlig’ining ko’ziga ko’rinadi. Boshlig’i unga yahshiroq ish taklif qiladi. U bu ishni qabul qiladi ammo xotiniga aytmaydi. Xotini buni eridan do’sti Parijga ketish plani nima bo’lyapti deb so’raganiga javob berganda anglaydi. Bu unga yana bir zarba bo’ladi. U hafa bo’ladi. Uning ustiga u homilador ekanini sezib qoladi. Va boladan qutilishni o’ylaydi. Lekin eri kutishni taklif etadi. Do’stlar oilasi bir klubda uchrashishadi. Eri do’stining hotinini mashinda olib ketgach, do’sti bu xotinga sevgisini aytadi va ular ham gunohga qo’l uradilar. Erini ertasiga ishiga juda ajoyib ravishda jo’natib yuboradi. Eri esa xotini ila gaplashish o’rniga, qutuldim urush janjaldan deb ishiga bamaylihotir ketadi. Hotin shu kuni bolasini tushurmoqlik harakatini qiladi va shundan olamdan ko’z yumadi.

Xulosa shuki, hech kim o’z yaqinlarini ich etini bir narsa yemirayotganini ko’rib uni inkor qilib yashamasin. Ahir shuning uchun ham ular yaqin, sevgan kishilari. Shu odamlar yordam qo’lini cho’zmasa, kim cho’zadi? Garchi muammolarni hal qilish unga ham qiyin bo’lsada – ularni inkor qilish, yoki uzoq uzoqlarga qochib yangi hayto qurmoqlik yordam bermaydi. Muammo bor joyda yechimi bo’ladi. Uni vaqtida hal qilmasa mana shunday qaytarib bo’lmas natijalarga olib kelishi mumkin. Hech qachon kishi o’z orzusi, o’ziga qulaylik uchun boshqa bir kishisining orzu umidlrini poymol aylab, toptab qo’yishi to’g'ri ish bo’lmagan.O ‘zining yarmi bo’lgan jufti haloliga hoinlik qilish, uni qiyin vaqtida qo’llay bilmaslik, uni qo’llash o’zga ham qiyinligini bilib, oson yo’ldan ketish ya’ni ko’chaga qarab yugurish ro’shnolik ila tugamaydi aslo!

Allo saqlasin! Insonda iymoni bo’lsa unchalik qaltis ishlarga qo’l urmaydi. Iymonimiz mustahkam bo’lsin va qalb ko’zlarimiz ochiq bo’lsin. Zero yaqin kishilarimizning azobiniyu, bo’lishish bizning vazifamiz, ularni inkor qilib orzularini cho’pchakdek kulgi qilish esa XOINLIK!

Kuni kecha shu nomli kinoni ko’rdik. Rostini aytsam menga bu kino yoqdi. Aslida hammamiz bu o’tkinchi dunyoda shu  – Truman showdagidek yashamoqdamiz. Haqiqiy hayot esa tashqarida – ya’ni foniy dunyodadir.

Bugun Rabbimga shukurlar bo’lsinkim g’ayratga to’lib uyg’ondim. Shu kunlrda quyosh nurlarini juda ham sog’ingan edim va quyoshli bir joyga borgim kelayotgan edi. Lekin kechagi holsizlikdan keyin, bugungidek kuchga to’lib uyg’ongan va xayrli boshlangan kun uchun minnatdor bo’ldim-da, xa nima qipti quyosh osmonda o’z  chehrasini namoyish etmasa. Ko’nglimizda nur bor ekan, shu nurning o’zi ila yahshayotgna xonadonimizni, atrofizmi yorita olamiz deb o’zimga dalda berdim. Shunday dalda berganim ondanoq o’zimni huddi quyosh nurlariga cho’milib yurgandek hursand his qildim. Va yanada ko’proq yorig’liqni borlig’imga kiritish harakatiga tushib ketdim. Hammasi o’zimizga bog’liq ekan. Hozir bir past tin olish uchun o’tirdim-u, shu damdanoq qilgan ishlarimning samarasini ko’rib hursand bo’ldim :-)

Xulosa, oddiy hayotiy haqiqat:

Inson baxtli bo’lishi uchun ko’p narsa kerak emas! Baxtli bo’lishni xohlasak va qo’l ostida bor imkoniyatdsan foydalana olsak bo’ldi ekan.

Kechagi kun uchun ko’plab narsalarni mo’ljallagan edim. Lekin qayda deysiz. O’z ahvolimni ko’rib bir maqol esga keldi: “Agar Yaratganni kuldirmoqchi bo’lsang, Unga o’z rejalaringni ayt” degan. Shunday men ham uni qilaman, buni qilaman deb reja qilib qo’yib Xudo xohlasa demagan ekanman chog’i. Umuman holim bo’lmadi. Zo’rg’a ovqatlanardimu, hatto ko’chaga chiqib toza havoda aylanib kelishga ham jur’at eta olmadim. Chunki boshim aylanib u yoq bu yoqda yiqilib qolishdan qo’rqdim. Shundan keyin fikr yuritib, eh shunchalik ham ojiz banda ekanmiz, hatto kundalik yumushlarni qilishga ham kuch qudrat, g’ayratni so’ramasak bundan ham bebahra qolishimiz hech gap emas ekan. Gohida u bu narsalardan nolib qo’yamizu, lekin shunday oddiygina holsizlik naqadar qiynab qo’yishini o’ylamaymiz. Shunga ham aytar ekanlarda: “Sog’liq sog’lom kishi boshidagi shunday tojki, uni faqat kasal kishigina ko’ra olur” deb. Shundayin bugun ahvolim yahshiligiga, sog’ligim joyidaligiga mingdan ming shukurlar aytaman. Shugina kichik bir holsizlik orqali ham Rabbim berayotgan ne’matlari qadriga yetishimni nasib aylagan ekan, buning uchun ham shukur.

Inson hayotining har bir kuni takrorlanmas ekan. Har biri o’z ajabtovurligi ila bir biridan ajralib turarkan. Kuni kecha dilingiz hufton bo’lib turgan bo’lsa, bugunda biron bir yahshi xabar tufayli osmonlarda parvoz qilib yurar ekansiz. Mana shunday og’ir damlardan keyin yengillikni bergan, ko’ngil sokinligini qaytargan Allohga shukur.

Kechagina dunyo ko’zga qorong’u bo’lib turgan edi. Ahir dil xufton bo’lmay nima bo’lsin, dunyodagi eng aziz insoningizdan ozorli gaplarni eshitganingizdan keyin. Do’st achitib gapirar deganlari shu bo’lsa kerakda. Hali ham besabrman -eh! Sabru toqat qilishni o’rganishim kerak. Qachon mening ham qalbim sokin bo’lib atrofda bo’laytogan narsalarga baholiqudrat to’laqonli aqlni ishlatgan holda javob bera olarkanman-a? Shu qiziqqonligimdan o’zim ham qiynalib ketaman. Ahir meni dunyoga keltirgan kishi nima sababdan bunday gaplarni aytayotganini tushunsamda, bu gaplar ko’pincha sog’inch alami tufayli chiqayotganini bilsamda yuragimni tig’lab o’tadi. Hech narsa ko’zimga ko’rinmay qoladi. Lekin, shukrkim, shunday bo’lsada allaqaerimda nimadir ham qo’ygin bir past sukut qilib, jahlni qo’yib, onang gina kuduratlarini aytib bo’lgancha chidab turgin, u yog’iga o’zlari hammasi sog’inchdan ekanligini tan oladilar deb turadi. Mana shu allaqaerimning 1-2 og’iz gapi tufayli ham tragik holatga aylanib ketmaydi. Garchand men bunday holatlarda yanada sabrliroq bo’lmoqlikni hohlasamda gohida buning ustidan chiqish qiyin. Quyilib kelayotgan ko’z yoshlari, alam, shundoq ham sog’inch o’tlarida kuyayotgan dil iztiroblari hammasi birdaniga otilib chiqqisi keladi. Bu hislar to’foni kelganda esa ularni bosib qolish naqadar qiyin.

Shunday onlardan keyin o’yga tolib qolaman, hamma ona zoti shunaqamikin? Men ham ona bo’lsam shunday bo’lamanmi? Ona bo’lgach, farzand o’z hayoti ila band bo’lib ketayotganini, u o’zi tanlagan yo’lida ketayotganini ko’rish, va u tanlagan yo’lga uni erkin Allohga topshirib qo’yish qilib bo’lmaydigan bir amalmi? Ona bo’lgach uncha munchaga qo’rqmaydigan odam ham qo’rqoq bo’lib qoladimi? Ha deb hamma narsadan ehtiyot bo’laveradimi? Agar shunday bo’lsa buning oldini olish choralari qanday? Ahir bunaqada yashash juda ham qiyin bo’lib ketadiku.

Shularni o’ylab, hayolim ko’chalarida o’zim ham adashib qolib, yolg’iz ilojim Allohdan to’g'ri yo’ldan boshlashni so’rayman. Na bo’lganda ham O’zi yordam bersin. Hammamizga go’zal xulq, ahloq odob, ota-ona hurmat izzatini joyiga qo’ya olish, ularning oq fotihalarini olib yurish, inshaalloh go’zal ota-ona bo’lib yurmoqlikni nasib aylasin! Omin!

Shunday deya o’z o’zimni ovutgan bo’lib bu hayollardan ozod bo’lish uchun ularni boshqa o’ylamaslikka va boshqa ishlar ila mashg’ul bo’lishga harakat qilaman. Ahir Rasullulloh SAV ko’p o’y umrni zaharlaydi deb Ali alayhissalomga vasiyat qilib ketgan ekanlarku.

Mana, shukur, shu yahshi gumon oqibati o’laroq, bugun juda bir go’zal maqola o’qib ko’nglim taskin topdi. Inson baxtli bo’lishi, qalb osoyishtaligini topish uchun ko’p narsa kerak emas. Go’zal musiqa ohanglari ostida, qalbim huzur qilgan holda o’tiribmanu, shu holatim va kechagi holatimni solishtirib hamd aytaman. Menimcha bunday Allohning kichik tuhfalarini his qila bilish, va ular kelganda baxt nurlarida cho’milmoq uchun ham qiynalib o’tish kerak. Shundagina go’zal va betakror onlarning qadriga yetamiz. Alhamdullillah!

Shu ulug’ kunning sovg’asi natijasida bugun Aqiqa haqida o’rgandim. Qiziq shuncha narsalardan bexabar yurgan ekanmiz. Avvalombor Aqiqa qilishni Alloh nasib aylasin, so’ngra Alloh yaxshi ko’rgan bandasini tarbiyalab, halol rizq ila komillikka yetishtirishni Rabbim o’zi nasib aylasin. Omin!

Buning uchun esa o’z ustimizda yana ham ko’proq ishlashimiz, ilmimzni mukammallashtirishimiz zarur ekan.

http://blip.tv/file/1648473

Bugun bir oz lirik chekinish qilib biron bir asar o’qiy degandim. Internet bag’rida bir asarga ko’zim tushdi. O?qib u yoq bu yog’ini qarab ko’rdim, shu odam o’zini shuncha maqtagan ekanu – asaru safsatabozlikdan nariga o’tmapti. Ketgan vaqtimga achindim. Eh… :-(

Kecha kechki ovqatga bir osh damlay dedim. Qilmaganimga ham ancha bo’lib qolgan ekan. Ishdan horib kelgan xo’jayin ikkimiz mazza qilib uni urvoldik. Baribir o’zbekning gapi to’g'ri ekanda: “Kuningdan bir kuning qolgan bolsa ham osh ye” degan, shuni yegach tanamga ancha kuch quvvat kirib shamollash ancha cheklandi nazarimda. O’zbekning o’zbekligi ham osh bilanda. Allohga shukur, odam uchun ko’p narsa kerak emas o’zi. Ana shunday ne’matlaridan ta’tib shukur qilib yurishning o’zi kifoya. Ilohim doimo shukrona hissi tark etmasin!

Osh

Osh

Next Page »