
Bugun Rabbimga shukurlar bo’lsinkim g’ayratga to’lib uyg’ondim. Shu kunlrda quyosh nurlarini juda ham sog’ingan edim va quyoshli bir joyga borgim kelayotgan edi. Lekin kechagi holsizlikdan keyin, bugungidek kuchga to’lib uyg’ongan va xayrli boshlangan kun uchun minnatdor bo’ldim-da, xa nima qipti quyosh osmonda o’z chehrasini namoyish etmasa. Ko’nglimizda nur bor ekan, shu nurning o’zi ila yahshayotgna xonadonimizni, atrofizmi yorita olamiz deb o’zimga dalda berdim. Shunday dalda berganim ondanoq o’zimni huddi quyosh nurlariga cho’milib yurgandek hursand his qildim. Va yanada ko’proq yorig’liqni borlig’imga kiritish harakatiga tushib ketdim. Hammasi o’zimizga bog’liq ekan. Hozir bir past tin olish uchun o’tirdim-u, shu damdanoq qilgan ishlarimning samarasini ko’rib hursand bo’ldim
Xulosa, oddiy hayotiy haqiqat:
Inson baxtli bo’lishi uchun ko’p narsa kerak emas! Baxtli bo’lishni xohlasak va qo’l ostida bor imkoniyatdsan foydalana olsak bo’ldi ekan.
