
Bu kinoni ko’rdib odam o’ylanib qolarkan. Shu o’ylatadigan, hayotga yana bir bora baholash ko’zi bilan qarashga chaqiradigan kino ekan. Xullas ikki yosh uchrashib, sevishib turmush qurishadi va 2 farzandli bo’lishadi. Eri bir katta kompaniyada oddiy ofis hodimi bo’lib ishlaydi. Xotini esa aktrisalikka o’qigani uchun ushbu kasbini davom etishga harakat qiladi. Lekin uning baxtiga qarshi o’ynaga rollari yaxshi chiqmaydi. Shu lahzadan boshlab u sinib boshlaydi. Chunki hayoti koziga bosh va umidsiz ko’rinadi. Eri esa uning bu holatini ko’rib yordam berish o’rniga, ishxonasidagi sal ahmoqroq bir sekretari bilan yura boshlaydi. Xotinining ko’zlari ma’yus ekanligini ko’rsada, zo’rg’a jilmayib turganini ko’rsada unga biron yordam berishga oshiqmaydi. Bir kun xotini uni juda go’zal ravishda kutib oladi va hayoliga kelgan “ulkan g’oya”ni aytadi. U hamma narsani tashlab Parijga ko’chib ketishni taklif etadi. Eri ham bir vaqtlar u yerda bo’lganini va yoqtirganini eslgacha ko’nadi. Bu kunisiga ishdan bo’shash uchun kelganda, bemalol qilgan ishi uchun boshlig’ining ko’ziga ko’rinadi. Boshlig’i unga yahshiroq ish taklif qiladi. U bu ishni qabul qiladi ammo xotiniga aytmaydi. Xotini buni eridan do’sti Parijga ketish plani nima bo’lyapti deb so’raganiga javob berganda anglaydi. Bu unga yana bir zarba bo’ladi. U hafa bo’ladi. Uning ustiga u homilador ekanini sezib qoladi. Va boladan qutilishni o’ylaydi. Lekin eri kutishni taklif etadi. Do’stlar oilasi bir klubda uchrashishadi. Eri do’stining hotinini mashinda olib ketgach, do’sti bu xotinga sevgisini aytadi va ular ham gunohga qo’l uradilar. Erini ertasiga ishiga juda ajoyib ravishda jo’natib yuboradi. Eri esa xotini ila gaplashish o’rniga, qutuldim urush janjaldan deb ishiga bamaylihotir ketadi. Hotin shu kuni bolasini tushurmoqlik harakatini qiladi va shundan olamdan ko’z yumadi.
Xulosa shuki, hech kim o’z yaqinlarini ich etini bir narsa yemirayotganini ko’rib uni inkor qilib yashamasin. Ahir shuning uchun ham ular yaqin, sevgan kishilari. Shu odamlar yordam qo’lini cho’zmasa, kim cho’zadi? Garchi muammolarni hal qilish unga ham qiyin bo’lsada – ularni inkor qilish, yoki uzoq uzoqlarga qochib yangi hayto qurmoqlik yordam bermaydi. Muammo bor joyda yechimi bo’ladi. Uni vaqtida hal qilmasa mana shunday qaytarib bo’lmas natijalarga olib kelishi mumkin. Hech qachon kishi o’z orzusi, o’ziga qulaylik uchun boshqa bir kishisining orzu umidlrini poymol aylab, toptab qo’yishi to’g'ri ish bo’lmagan.O ‘zining yarmi bo’lgan jufti haloliga hoinlik qilish, uni qiyin vaqtida qo’llay bilmaslik, uni qo’llash o’zga ham qiyinligini bilib, oson yo’ldan ketish ya’ni ko’chaga qarab yugurish ro’shnolik ila tugamaydi aslo!
Allo saqlasin! Insonda iymoni bo’lsa unchalik qaltis ishlarga qo’l urmaydi. Iymonimiz mustahkam bo’lsin va qalb ko’zlarimiz ochiq bo’lsin. Zero yaqin kishilarimizning azobiniyu, bo’lishish bizning vazifamiz, ularni inkor qilib orzularini cho’pchakdek kulgi qilish esa XOINLIK!