Ko’chaga chiqqanda quyoshning iliq nurlari yuzimga urilib, yangilanish fasli ufori borlig’imni tutib ajoyib bir hushnudlik baxsh etai. Har tarafda daaraxtlar gullagan, bahor gullari yangi o’t gilamida tovlanib turgan, tabiat go’zalligidan mast qushlar sayrab turgan, shu ila butun olam baxt nurlariga cho’milayotgandek tuyuladi. Buni his qilar ekanman qanot qo’yib uchgim, ushbu musaffo havodan o’pkamni to’ldirib to’ldirib nafas olgim, huddi yosh boladek daryo yoqalab yugurgim, butun olamni quchgim keladi. Alhamdullilah shu kunlarga yetqazganiga.
March 2009
24/03/2009
23/03/2009

Har kuni yotishdan oldin, shu kun omonlik esonlikda sog’u salomatlikda o’tganiga shukur qilib ertangi kunda qilish kerak bo’lgan narsalarni rejalashtiramiz. Lekin bu rejalarni amalga oshirish doim ham qo’ldan kelavermas ekan. Mana bugungi kunim ham bir pastda o’tibdi ketibdi. Kuni bilan bir tayinli ish qilganim yo’q. Ko’chada havoninig birdaniga sovugani, nimagadur bo’ynim og’rib turganim, belimdagi og’riqlarni bahona qilib ko’nglim chiroq ila yoqsa ham yorishmaydigandek go’yo. Onam ila suhbatlashdimu qani yonimda bo’lsalarda meni koyib qo’ysalar dedim. Tursangchi qizim haraktda barakat deganlarini eshitsamu, u yoq sal ish qilsam. Bu lanjlik ham odamni ezib qo’yar ekan. Endi Allohdan shu lanjlikdan ham panoh so’rayman. Naqadar ojiz insonmiza?
14/03/2009

Sog’indim haqiqiy tanovarning kuyini, raqsini, unga miriqib raqsga tushishni va haqiqiy klassik tanovarni tomosha qilishni sog’indim. Bu musiqa boshqachada baribir, bir vaqtlar maktablaru, institutlarda O’zbekiston xizmat ko’rsatgan baleytmesterlardan dars olib raqs tushardik. Shunda ham dar yetishmayotganini sezardik.Yoshlik qilganmizda. Menga doim ustozlar sening harakatlaring juda yumshoq chiqadiyu hali yurak qurg’ur kuymaganda deb kulishardi.
Bugun shu gaplarini esladim. Bir tanovar ko’rib mazza qilay desam tayinli tanovar ham topa olmadim. Bir erkak bashara hofiza ayol il undan badtar erkaklashgan zardali raqqosasi hammasini buzibdi. Ko’rib xafa bo’ldim.
Axir o’zbek ayoliga xos iymanish, yuragi to’la dardini ayta olmay g0′zal raqs orqali ularni ifodalab shundan holi tortish qani? Yo’q hozirgi raqqosalarga “moda” bo’lgan qancha qilpillab, zarda bilan raqs tushsa shuncha yaxshi degan. Qaydan kelib chiqqan bilmayman bu oqim. Kim keltirim chiqargan bo’lsa ham o’zbek madaniyatini yo’qqa chiqarish uchun qilgani tayin.
Ehhh, tanovarni sog’indim. Go’zal bir raqs ijrosini ko’rsamu, go’zal sof musiqasini topsamu, mazza qilib butun borlig’im ila unga raqs tushsam. Axir raqs faqat sakrab go’zalligini namoyish etish emas, balkim bu ayta olmayotan nozik tuyg’ularni harakatlaru, ko’z ortiga yashiringan hayajon ila ifoda etishku.