Sog’indim haqiqiy tanovarning kuyini, raqsini, unga miriqib raqsga tushishni va haqiqiy klassik tanovarni tomosha qilishni sog’indim. Bu musiqa boshqachada baribir, bir vaqtlar maktablaru, institutlarda O’zbekiston xizmat ko’rsatgan baleytmesterlardan dars olib raqs tushardik. Shunda ham dar yetishmayotganini sezardik.Yoshlik qilganmizda. Menga doim ustozlar sening harakatlaring juda yumshoq chiqadiyu hali yurak qurg’ur kuymaganda deb kulishardi.

Bugun shu gaplarini esladim. Bir tanovar ko’rib mazza qilay desam tayinli tanovar ham topa olmadim. Bir erkak bashara hofiza ayol il undan badtar erkaklashgan zardali raqqosasi hammasini buzibdi. Ko’rib xafa bo’ldim.

Axir o’zbek ayoliga xos iymanish, yuragi to’la dardini ayta olmay g0′zal raqs orqali ularni ifodalab shundan holi tortish qani? Yo’q hozirgi raqqosalarga “moda” bo’lgan qancha qilpillab, zarda bilan raqs tushsa shuncha yaxshi degan. Qaydan kelib chiqqan bilmayman bu oqim. Kim keltirim chiqargan bo’lsa ham o’zbek madaniyatini yo’qqa chiqarish uchun qilgani tayin.

Ehhh, tanovarni sog’indim. Go’zal bir raqs ijrosini ko’rsamu, go’zal sof musiqasini topsamu, mazza qilib butun borlig’im ila unga raqs tushsam. Axir raqs faqat sakrab go’zalligini namoyish etish emas, balkim bu ayta olmayotan nozik tuyg’ularni harakatlaru, ko’z ortiga yashiringan hayajon ila ifoda etishku.