
Har kuni yotishdan oldin, shu kun omonlik esonlikda sog’u salomatlikda o’tganiga shukur qilib ertangi kunda qilish kerak bo’lgan narsalarni rejalashtiramiz. Lekin bu rejalarni amalga oshirish doim ham qo’ldan kelavermas ekan. Mana bugungi kunim ham bir pastda o’tibdi ketibdi. Kuni bilan bir tayinli ish qilganim yo’q. Ko’chada havoninig birdaniga sovugani, nimagadur bo’ynim og’rib turganim, belimdagi og’riqlarni bahona qilib ko’nglim chiroq ila yoqsa ham yorishmaydigandek go’yo. Onam ila suhbatlashdimu qani yonimda bo’lsalarda meni koyib qo’ysalar dedim. Tursangchi qizim haraktda barakat deganlarini eshitsamu, u yoq sal ish qilsam. Bu lanjlik ham odamni ezib qo’yar ekan. Endi Allohdan shu lanjlikdan ham panoh so’rayman. Naqadar ojiz insonmiza?