Yaratibmish Allohim, men kabi bir bandasin,

Taqdirimni belgilab aniqlabdi hammasin.

Men o’z hayot yo’limda haqiqatni izladim

Asl maqsad uchun deb bilimlarni izladim.

Ilm nurini izlab ne yurtlarga bormadim

Asl ilm nuri qalbdaligin angladim.

Bu haqiqatni bilgach, hursandlikdan yig’ladim

Gar imon nuri asli chiqib kelar joy bilim

Uni qadrlamagan bilmadim kim ekaligin.

Kamtarligu, samimiy mening asli yuzimdir

Uni tushumaganlar qolmasinlar bir zumdir

Chunki qalbi ko’rlar meni tushunmaygaydir

Zahar zahar so’zlarin nishin ko’targim yo’qdir.

Orzularim yuksak mening,

Osmonlarga tikilgum

Inshaaloh bir kuni

Amalga ham oshirgum.

Osmonlarda yuribdi bu qiz asli demangiz

Qalbi nozik bu hilqat borlg’in siz ezmangiz

Yurgan bo’lsa falakda o’z qalbin ayagani

Ravo ko’rmay sizlarga, o’zligin saqlagani!

Sakina

Leave a Reply

You must be logged in to post a comment.