
Vaqt deganlari biz hayolimizga keltirgan darajadanda tez o’tib borar ekan.
Ana mana degancha 2008 yilni ham yakunlab oldik. Bu yilda hayotimda ko’plab tubdan o’zgarishlar va baxtli hodisalar yuz berdi. Bularning barisi uchun Allohga shukur. Bundan bir yil muqaddam bu narsalar hatto hayolimga ham kelmas, hayolimga kelish u yoqda tursin bu kabi orzu umidlar qalbimni tirnamasligi uchun ko’nglim ko’chalarini taqa taq yo’pib qo’ygan edim. Ish, o’qish va hokazolar ila shunchalik band edimki, kechki paytlar uyga zo’rg’a charchab kelib ovqatlanib, biroz dars qilib hamda oilam ila suhbatlashib uhlashdan hursand bo’lib yurardim. Ammo qalbim butun emas edi, u doim yarim yurar edi, shunchaki bu haqda o’ylamaslikni afzal ko’rardim. Shu zaylda o’tayotgan umrimning tinch oqimi birdaniga har xil o’zgarishlar va qo’shimcha kelgan yangi zilol suvlar ila irmoqlariga sig’may to’ldirib oqa boshladiku, bu daryoning shiddatidan, suv oqimining tezligidan boshlarim aylanayozdi. Allohning qudrati shunday ekanki qachonlardan beri hayotim mazmuni bo’lib, men uchun muhim bo’lgan narsalar hammasi ikkinchi darajali bo’lib qoldi. bir zumga ko’zim yarq etib ochilib, nimadan qo’rqasan ahir buni hayot deydilar. Shunday ishlarda va o’qishlardagi muvaffaqiyatlar ketidan quvib, shunda ham bular hayoting mazmunini to’la to’kis ifoda etolmayotganini bilib yashayverasanmi deb o’zimni savolga tutdim. Javoban esa, hammasini ikkinchi darajaga qo’ydim. Bunday Alloh ne’mati bo’lgan onlar kam bo’lishini va bundan mazmunli foydalanish umr mazmunini tashkil qilishini tushundim. Va hammasini Alloh nasib qilsa bo’ladi deb qo’ydim.
Ishimda ham, o’qishimda ham ko’plab qarshiliklarga uchrasamda, ko’lab “do’stingman” deb yurganlar yuz o’girsalarda, butunlay yangi hayot boshlash oldidagi qo’rquv qalbimni titratib turgan bo’lsada yolg’iz Allohga ishonib ushbu hayotimdagi yangi burilish sari dadil qadam bosdim.
Alhamdullilah. Bu yo’l men kutgandanda go’zal, men o’ylagandanda sokin, men hayolimga keltirgandanda yoqimli, va men qo’rqqanqandek mas’uliyatga to’la. Bunday olib qarasam ilgari yurib kelgan yo’llarimda men doim yo’lboshchi yo ilg’or bo’lib o’rgangan, ko’plab odamlar ila muloqot qilishni odat qilgan, kundalik ko’rgan kechirganlarim natijasida o’sish va ulg’ayish imkoniga ega edim. EDIM.
Hozirchi? Bu savolga javob berishim qiyin. Allohning o’zi kechirsin, va menga shukur qilib yashash ne’matini ato etisihini bersin. Ammo bu savol kunda meni qiynaydi. Gohida, hali ham yangicha hayot tarziga o’rganayotgandirman? Ahir katta burilishlarga o’rganish vaqt talab etadi deb yupantiraman. Lekin ruhiy holatim o’zimga yoqmay bormoqda. Shu kunlarda ko’p kasal bo’ladigan bo’lib qolibman. balkim bu shu kunlardagi noshukurchiliklarim evaziga Allohimning menga berayotgan bir belgisidir. Hoy bandam o’zingni eplab ol, bunday hayollarni qo’y deyotganidir? Bilmadim.
Ammo, shunisi aniqki, men bu kabi davom etishim aqlga sig’maydi. Ahir meni Allohim inson zotidan qilib yaratgan. Demak men ongli zotman. Ongli zot esa o’zi bilib va ko’rib turib orqaga ketishi mumkin emas. Demak men yangi maqsad, bu maqsad sari erishish uchun yanada kuchli bo’lishim kerak.
Ahir mening menligim, uchinchi shahslarning men to’g'rimda o’ylagan yoki qalbimni tirnash (balkim qasddan emas) uchun aytilgan gaplarining aksi emasmanku. Mening menligimni, qanaqaligimni men va Yaratgan Rabbimdan tashqari hech kim bilmaydi.
Gohida eng sevgan, ko’nglingizga eng yaqin bo’lgan kishilaringizning siz ila bo’lishgan gaplari dilimni tig’lab, ming bir poraga bo’lib, zaharlab o’tadi. Ichimda o’tayotgan g’alayonni bostirish uchun sekingina jilmayib qo’yamanu, lekin qalbim ila inkor qilaman. Ahir bu kishi ko’nglimga shunchalar yaqin bo’lsa bunday deya olmaydi. Degan bo’lsa ham nima, til suyaksiz, o’ylamay aytgandir. Aslida shu narsani hohlamagandir. Na bo’lganda ham Allohim unga va menga insof va sabr bergin deyman.
Shundoq ham ko’nglimning billurdek sof va go’zal oynasi sinaverib va uni qayta tiklayverib ortiqcha hafalikni bo’yniga olishdan tonib turadi. Demak, men hadislarda o’qiganimdek hammadan yahshi gumon qilishni davom eta verishim kerak. Men inkor etaman. Odamlarning bu dunyo naqadar yomon dunyo ekanligi haqidagi ertaklariga. Bu salbiy hayollar ila yashamoqlik meni bo’g'ib yuborayotgandek tuyuladi. Ana shunday ruhim talvasaga tushib qolgan vaqtlarda iymonim yordamga keladi. Allohim iymonimni saqlashni o’zing nasib aylagin.
Qalbimni kemirayotgan hayollaru o’ylar kamlik qilganidek, yaqin insonlaringizni nimalardandir o’ylanib qiynalib yurishlarini ko’rish o’girlik qiladi. Fig’oningiz falakka chiqadi. Lekin nachora. Hamma har hil bo’ladi va ana shu ila ham olam go’zaldir. Bir odam dardini yoravermasa zo’rlab gapirtirish odaim yo’q. CHunki o’zimdan bilaman. Agar biron bir o’y hayolni tark etmayotgan bo’lsada hali buni birovga aytishni ep ko’rmasangiz buni qilish qiyin hamda ayt deb ezmalaganlardan odam ham bezib ketadi.
Shuning uchun vaqti kelsa o’zi aytadi deyishdan o’zga iloj qolmaydi. Vaqti kelib aytilganda esa aslida o’sha narsa jud aham kichik ekanligini bilgach va mana shu bir zarra qalb oynasini hira torttirib qo’yganidan hafa bo’lib ketadi kishi. Ahir qanchalik bo’lish mumkin? Odam o’zini ham unutib yashashi to’gri emasku. Shu holga kelganda ham bir kichik zarra hamma narsadan ustun kelib tarozining pallasini bosib turganda aqlingiz lolu hayron bo’lib qolarkan. Bir nima deyish demaslikni bilmay sukunatni ep ko’rarkan kishi.
Hamma hasratingizni ayta olmaysiz Allohdan boshqaga. Boshqalarning vaqti ham, asabi ham ilmi ham yetmaydida to’g'ri bir narsa deb dalda berib yuborishga. Shunga qo’y ularni ham g’amginlikka botirib qo’ymay deb o’zingizni torta boshlar ekansiz. Oqibatdachi? Yolg’izlikdan ko’ngil yana cho’kib borarkan. . .
Lekin Alhamdullilah.
Alloh bor, u borligini har soniya bildirib yashaydi. Shundaying mayda umr tashvishlarini deb dunyo ko’zingizga qorong’i bo’lib turgan damlarda Uyorug’lik nurlaridan jo’natadi. Bu nurlarga cho’milib o’shal asrga tatigulik soniyalarni eslab yurgingiz bu vaqtda olgan hayotiy kuchingiz ila tg’larni ag’dargingiz keladi.
Q’o'rqib yashamoqdan foyda yo’q. Unda yashab bo’lmaydi. Demak hamma hadiklarni chetga surib hayotda mazmunli yashay bilmoqlik kerak. Buni esa qani yaqinlarimga tushuntira olsam. Ha rashk, muhabbat, hamma narsadan asrash bor narsa. Ammo uning ko’pligi ham hayotiy havo yetib kelish yo’lini bo’g'ishi mumkinku shuni unutmaslik kerak.
Men esa bugun ko’nglimga nur bo’lib kirgan eski qadrdonlarimning qisqa va mazmunli gaplaridan qanotlanganim uchun SHUKUR qilaman. Alloh hammamizni bir sabab ila bir birimizga uchratadi, balki o’shal do’stlarimni uchratishim mazmuni ham shu bo’lgandir vAllohi A’lam.
Yolg’izlik ko’ngilning dushmani. Do’stlar borligining hayoli ham, ular borlig’ining hiyol nuri esa bu dushmanning qalbimizni ishg’ol etishiga yo’l qoymaydi. Zero Alloh bizning eng ma’qul do’stimiz (qaniydi shu ma’no doim ko’nglimda tursa).