13.01.2009 15h14
Sog’indim

Sog’indim o’shal kunni
Ilk bora uchrashuvni
Bahtning osmonini
To’ldirib uchganimni.
Sog’indim o’shal damni
Bog’larni kezganimiz
Qalblarimiz titratib
Sevgi kirib kelganin.
Sog’indim o’shal tunlar
Uyqu bilmagan ko’zlar
Aytib o’tmagan so’zlar
Sevinchdan kelgan yoshlar.
Sog’indim oshal to’yni
Tiymaganim sovuqni
Hapqirgan yuragimni
Go’zal tuyulgan oyni.
Sog’indim o’shal joyda
Do’stlarning davrasida
Nikohni nishonlaganda
Go’zal to’y edi nazdimda.
Sog’indim o’shal kirsiz
O’tgan kunlar mislsiz
Hali hanuz o’ylasam
Qilar menida unsiz!
Sog’indim!
———————————————————————————————————————————————-
10.06.2008 21h03
Yana firoq…

Diydor damlaridan hamdga to’lganda
Ko’ngil uchar edi baxt osmonida
Har qancha shukrni qilmaylik kanda
Go’yoki yetarlik aytmasdik yana.
Har bir kishi hayot yo’llari kabi
Bizga keldi yana firoq chog’lari
Mayli shu ekanda boshga kelgani
Oxiri baxayr bo’lsa bo’lgani.
Natijasin kutib yashaymiz ikkimiz
Aslida daqiqamas soniya sanaymiz
Alloh o’rgatadi sabrni tengsiz
Yana bir ne’matdek qabul qilamiz.
Gar ayroda bo’lmoq qiynab qo’ysada
Hayol siz tomon yana ketsada
Shukrkim omondir tanu joningiz
Inshaallloh 10 kunda uchrashadurmiz!
(c) Sakina
————————————————————————————–
14.05.2008
Yur muhabbat ketdik bu yerdan…

Sabr eng go’zal xulq ekan aslida
U bizning dilda bo’lsin mislida
Tuganmas bir boylik kabi zahirda
Aslo bitim bilmay eltsin qabrga.
Osmoningga ola ket deb hayqirasiz
Yurak kechinmalarimchi bilarmisiz?
Bir og’iz so’rab ham ko’rmab edingiz
Yuqorida yurmoq osonmas hargiz.
Qanotlanganlarga ko’z tikkanmi ozmi
Shu dunyo yomonga to’laligi rostmi?
Ne uchun ular g’alayonin bosmiy
Bulg’ashga talpinar qilib marosim?
Tushunmam men bir bandai ojiza
Ayrim insonlarga ko’rinmas mo’jiza
Ular boshqalarni qilsalar izza
Shundangina qilar ekanlar mazza.
Yo Rab bu ne hikmat, bu ne falokat
Axir o’ylamsmi ko’ngil bir xilqat
Billurdek nozigu, darz ketar faqat
Uni qilaversa cheksiz betoqat.
Osmonim eshigichi – sizga muntazir
Uni chertmay kiravering ey taqsir
Axir bilasizku ko’nglimdagi sir
Yolg’iz siz tomonga qaratilgandir.
Shuning uchun ruxsat so’ramang asti
Men ila parvozni aylamang pasti
Shu dunyoning mayda ishining qasdin
O’shal yuksaklida olaylik rosti!
Osmonim bezagi qalbimdagi nur
Yuzimdan yog’ilgan tabassum, g’urur
Yerda yurgan chayonu ilonlar qurgur
Ul go’zalikka tahlika bo’lmag’ur.
Mayli qo’ya turaylik ularni holiga
Qilsinlar kelganing mayllariga
Ularga ham Alloh insofin bersa
Xatosin tushunar, xo’p qo’yayliga.
Kelingni sizni chorlam osmonim tomon
Uzoq vaqt u sizni kutgan ko’pvaqt begumon
U yerda kezaylik dunyoni unutib, tamom
Boqiy dunyomizni obodlab bearmon!
14.05.2008, 06h46
(c) Sakina
————————————————————————————
26.05.2008

Menga ham buyurmas quyosh nurlari
Ko’ngil sog’inchla to’lgan chog’lari
Qani endi o’tsa ushbu damlari
Kela qolsa endi juma kunlari.
Quvonchu yig’i ham birga keladi
Bu holdan hayronman hattoki o’zim
Na qilay yolg’izim, mening istagim
Yoningda bo’lishu, topmoqlik taskin.
(c) Sakina
————————————————————————–
17.04.2008

Hayolingni na qildi band?
Dardingni o’zimga ayt.
O’zgalar yo’ldan ursa -
Bardoshli bo’l va loqayd.
Shu o’rinda bir hadis
Keldi yodga mislsiz
Rasulloloh (SAW) aytibmish
Ummatin holin essiz.
Iymoni sustligidan
O’zidan kam eldan
Zarar chekadi haddan
Istig’for aytmagandan.
Keling endi ikkimiz
Bir-birimizga yordammiz
Alloh yo’lida cheksiz
Alhamduni aytamiz.
Qiyoslab ko’ring qani
Shu o’ylar arziydimi?
Aqlni egallagani
Yaratganni unutgani?
Men ham sabog’im oldim
Istig’forni xush ko’rdim
Dunyodan biroz ketib
Rabbimizga yolvordim.
Orzularni qilma tutun
Iymonni ayla butun
O’tkinchi havaslarga
Qilmagin also tutqin!
Shu ila ko’nglim zora
Bo’lmas bekor ovvora
Angladimki men yana
Qoim bo’lmoq namozda
Asli ulkan bir baxtdir
Ayrilganlar karaxtdir.
O’zi bergan bir taxtdir
Undan tushmoq gunohdir!
(c) Sakina
————————————————————————————-
13.04.2008
Erkin Vohidov
Sevgi
Sevgi shunday navbahorki,
U tikandin gul qilur,
Toshga jonu til bag’ishlab,
Zog’ni ham bulbul qilur,
Sevgi shunday dard erurki,
Barcha bo’lg’ay mubtalo,
Mubtaloni neki qilsa
Telba bu ko’ngil qilur.
Sevgi shunday tangridirki,
Unga tengdur shoh, gado,
Qulni aylab shohu sulton,
Shohni bo’lsa qul qilur.
Sevgi shunday bir olovki,
Jonga undan yo’q omon,
Gulxanida o’rtab-o’rtab,
Bir kun oxir kul qilur.
Sevginingdir hukmi mutlaq,
Istasa shaydolarin
Chashmi giryonidan ummon,
Ohidan dovul qilur.
Sevgiga she’r bitding, Erkin,
Besabab ermaski, ishq -
Aylagach ko’ngulni ishg’ol,
She’r ila mashg’ul qilur.
————————————————————————–
10.04.2008
Albatta kutgandim yolg’izim mening
Sizni kutaverib ko’zlarim to’rt bo’ldi
O’ziga shukrki chertib sekin qalbimni,
Hayotimga kirdingiz.
Ostonada turmang siz,
Yuragimga Xush kebsiz!
(c) Sakina
————————————————————————–
Shukrki taqdir bizni uchrashtirdidi
Umr so’qmog’imizni tutashtirdi
Shudirda asl ne’matin bergani
O’ziga shukrni doim qilgaymiz.
(Inshaallah!)
(c) Sakina
———————————————————————–
09.04.2008
Хватит и того что я по тебе скучаю
Что это и откуда пришло не знаю.
Но все что я на данный момент желаю
Сохранить терпение что постепенно теряю.
(c) Sakina
——————————————————————————–
08-04- 2008
Sevgi – xatda naqadar go’zal!
Sevgi – xatda naqadar go’zal!
Dili – ayon, ruxsori – tiniq.
Gar qog’ozga tushgan besayqal,
Ishq selidan ko’zlari tinib.
Sevgi – xatda naqadar sodda,
Unutgandir o’tmish alamin.
Yuragini shoh bilan zotga,
Topshirmoqchi butun olamni.
Sevgi – xatda naqadar yaqin,
Qalamga sir pichirlagan lab.
Go’yo hozir portlaydi – chaqin…
Lablarimda o’tdan qolgan taft.
Sevgi – xatda qanday barhayot…
Tugab borar sabru bardoshim.
Yirtamanu – yetmaydi sabot,
Yoqamanu – tinmaydi yoshim.
(c) Interetdan
———————————————————————–
28.03.2008

Tushlarimga kirib,
Qalbim yayratib.
Orzular o’lkasin,
Birga sayr qilib,
Biz yurar edik.
O’shal so’qmoqlarda
Yuramizmi-a?
Bo’lishing endi
Men bilan ham-a.
Tabiat qo’ynida
Yugurib yurib
Surur surgan
Bolalik qirin.
Yantoqlarda yotgan joylariz
Osmonga tikilib qolganlaringiz
Kelajak haqida hayollaringiz
O’tgan o’shal beg’ubor joylaringiz.
(c) Sakina
—————————————————————————–
28.03.2008

So’zlarimdan aslo
Hafa bo’lmang siz
Yuzingizda bo’lsin
Baxt ummon tubsiz.
Aslida shukrni
Unutmaylik biz
Yoru do’stlar ila esa siz
Yozing ushbu mahzun ko’nglingiz!
(c) Sakina
———————————————————————————-
28.03.2008
Imtihon dunyodir,
Biri kam dunyo.
Buncha ham sinaydi,
Sabrimni go’yo !
Kun ham kechni-
Quchgan ayni shu zamon.
Sizni korgim kelar
Tushimmi ro’yo ?
O’ylamagan edim
Aslo tushmog’im
Bu ahvolni menda
Chin his qilmog’im
Lek na qilay endi
Keling siz Begim
Poralangan qalbim
Qiling bir butun…
(c) Sakina
———————————————————————————–
Sendan xabar kelmagan kun
Nega tushunmaysan toshbag’rginam
Jo’natging kelmaydi hatto xat xabar
Garchi do’stlar bagrida ersangda shu dam
Meni ham yodga ol, 1 zum ham yetar.
Axir sendan yangilik olmagan kunim
Tiniqmaydi xatto rangginam menim
Ne holga tashlading Layling sen bugun
Qilib solg’in uning rangini gulgun.
Kunii la aylandim, qaradim, ko’rdim
Dunyoning turfa xil ajoyibotin
Lekin sensiz o’tgan yana bir kunim
Bu ne’matlar menga tatirmi aytgin?
Ne uchun qiynaysan, nadir maqsading
Mening xislarimni bilmoqlikmi ayt
Axir yuragimni sen jiz ettirganing
Rozilik berishim – qildimi loqayd?
Muhabbat dardini chekmaganingni
Takror takror aytding jonginam
Xa endi uni ham totib ko’rdingmi
Unda iztiroblar bilarmi tinim ?
Eh yana qarayman 1001 marta
Telefon va xatim yana va yana
Qani endi senga insof kirsada
Bitta SMSni jo’natib qo’yasangda…
(c) Sakina
———————————————————————————–
Jonim, sizdan kuni bilan bir xabar ham olmadim
Jonim, sizdan kuni bilan bir xabar ham olmadim,
Ko’nglimga sig’mas quvonch, dunyoning ne’matlari.
Xa, to’g’ri ajoyib bir damlarni o’tkazdim man.
Lek ushbu onlarim sizsiz o’tganin sezarman.
Bor yo’g’u bir qator xat yozsangiz bo’lmasmu?
Yoki 1 daqiqaga sim qoqsangiz o’lmasmu?
KO’nglimni ko’tarish chun
Ortig’in tilamasman.
Bunday qiynoqlarga
Tashlamang chidamasman.
Xa bilaman, do’stlarni diydoriga toyyabsiz
Lekin yoringiznichi unitib ham qo’yyabsiz
Bu ne ko’rgulik, nega siz
Bunday yo’llar tutyapsiz?
Balkim juda ham qattiq o’rganibman men sizdan
Har kun u bu bo’lsada bitik olib o’qishga
Omadli kunlardachi ovozingiz tinglashga
Bugun esachi evoh ikkisidan ayroman.
Telefonim ham xatlarim tekshirdimku men 100 bor
Har gal mahzun tortib yana sizdan na xat na xabar bor
Axir shuncha so’zlardan keyin qilmaysizmi or
Yuragim yarmi siz deb so’ramaslikka bir xol?
(c) Sakina
———————————————————————————-
06.04.2008
Oppoq tushlarimni bezagan ham SIZ!
Gohida qolib hayron ko’p savolga tutasiz
Buncha ham uyquni shuncha oshno qilasiz?
Ne qilay chorasizman, buni yaxshi bilasiz
Tushlarimga kirib siz qalbga ro’shno berasiz.
Doim uyqu oldidan tilab shirin oromni
Ketamiz uyquga biz qilib kerak duoni
Allohim ham bilar bandasiga keragin
Ol qulim deya ko’rsatadi Ul sizni.
Oppoq tushlarimda ham hamrohginam bo’lasiz
Shirin shirin suhbatni qurib qirub qo’yasiz
Go’zal bog’u rog’larni aylanamiz biz
Shunday go’zal tushdan so’ng turish qiyin bilasiz.
Hech bo’lmasa u yerda visolingiz ko’rib man
Qiynalgan yuragimni istagancha yoyaman
Kelajak rejalarin birgalikda quramiz
Ota-onamiz orzusidek go’zal oila qilamiz.
Shirin tushlarimga kirmoqlikni qilmang kanda
Mendek bir Layliga hikmat ko’pdir ham anda.
Shukur qilib kelishni odat qilgusi banda
Allohim ne’matlarin olaverar o’shanda.
Uyqumni go’zal aylamoqda davom eting
Hozirda qilgan duom ham shudir biling,
Gar xato bo’lsa niyat istig’forim aytaman
Ko’nglim xonishi shu bo’lsa men netaman.
(c) Sakina








