Allohning qudratidan!

Bunday qarasa bugungi eshitgan xabar va yangilikdan eshitgan zahotimoq qotib qoldim. Na qilishimni, na deysihimni bilmay qoldim. Faqatgina xo’rligim kelar, alamimdan yig’i bo’g’zimga tiqilar, yuragim hozir yorilib ketadigandek bo’laverganidan, o’tirgan avtobusdan ham Alhamdullilah musulmon iymonli kishilar og’zimdan chiqqan bir og’iz “inshaalloh” xurmati chiqarib qo’yishgach qisilib ketgan ko’kragimdagi o’pkaga havo kira boshladi. Na bo’layotgani, bu narsaning asl mohiyati neligi, nima sababdan shu arzimas, aslida hech kimga umuman kerak bo’lmagan yamoq narsa uchun kelib chiqqan katta voqeani aqlim eplay olmasdi. Bunday bo’lishi hech kimning hayol ko’chasiga yaqinlamagan ham ekan. Ota onam buni eshitishgach o’zlarini eshitmaganga solishgan lekin qayta qayta takrorlaversa eshitmayman deb turgan odam qulog’iga kirib qolar ekan axiyri ham quyushqonlaridan chiqaribdi. Shunda ham shaytonga hay beraylik qizimizga aytmay turaylik deyishgan, hech bo’lmagach aytishgach ular o’g’zidan eshitib men lolu hayron qoldim. Nimalar bo’layotganini, nima qilishim kerakligini o’shal zahotiyoq to’liq tushinib yetmasamda shul mahal eng asosiysi ularni jahllaridan qaytarish va bo’lgan ishni orqaga qaytarish hayolidan yiroqlashtirish edi. Shunga erishaman deya suhbatni baholiqudrat davom etarkanman borgan sari mening ham sabr kosam to’lib borayotganligini, jahl kelganda aql qochadi deya o’ylamagan narsalarni aytib qo’ymaslik uchun go’shakni qo’yib qo’ydim. (yana onamdan kechirim so’rashim kerak).

Keyin esa…

Chuqur hayollar, savollar, keyingi qadamni qay tarafga bosish kabi o’ylar qopladi qoldi. Allohning karomatiki inson taftini inson oladi. Shul mahal u bu tanishlarimni uchratishim, ular sal ko’nglim siniqligini ko’rib, nima harakatda yurganimni bilishgani uchun, qo’yaver bunaqa narsalar kelib chiqishi tabiiy, hayot o’zi shunaqa, endi shu narsalarga o’rganishing, bunday holatlar kelib chiqqanda o’zni tuta bilish yo’llarini o’ylab qo’yishing kerak deb maslahat berib qo’yishdi.

Xullas ular ila bir oz vaqt o’tkazib uyimga qaytar ekanman, na bo’lganda ham bu narsalardan sizni xabardor qilishim kerakligini, aks holda bu holatda yolg’iz o’zim boshqara olmay qolishim mumkinligini angladim.

Buni siz ham sezib turgan edingiz, gapirish ohangimdan darrov bilasiz qo’yasiz, siz ila alhamdullilah ancha gaplashdik. Bularning sababini tahlil qilib ko’rdik, va navbadagi hayot darsini o’zlashtirar ekanmiz shukur qildik.

Ha Allohga shukur. Shu taqdir sinovlari ila bizga yana dars o’rgatgani uchun, shu navbatdagi voqea uchun bizni bir birimizga yaqinlashtirgani uchun.

Aslini aytsam men bugun ilk marta chin darajada sizni yo’qotib qo’yishimdan qo’rqdim. Juda qo’rqdim. Siz menga naqadar qimmatli inson bo’lib qolganligingizni, naqadar bog’lanib qolganimni, naqadar sizning hayolingiz meni quvontirib, hayotimga aylanib ulgurganligingizni, qalbim sizga qaraganini bilardimu ammo qalbimga kirib uning bir qismi bo’lib bo’lganlagingizni sezmagan ekanman. Qalbsiz esa men yashay olmayman !

Bugun mana shu bir qarashdan yoqimsiz ko’ringan voqea tufayli buni tushunib yetdim. Ich ichimdan dodu faryod kelib ketdi. Butun olamim zirqirab ketdi. Shu qaerdagi 2 tiyinga qimmat yamoq narsa orqali sizni yo’qotib qo’yamanmi degan hayol borlig’imni ag’dar to’ntar qilib yubordi. Qo’limdan kelgancha vaziyatni yumshatishga yaqinlarimga tushuntirishga hatto xislarimni va sizning xislariningizni aytishgacha borib yetdi. Hayriyatki shundan so’nggina ular jahl otlaridan biroz tushish ro’yxushliklarini bildirdilar.

Subhanallah ana shu bir kichikkina hodisa tufayli men sizga yana yaqinlashdim. Bilmadim men uchun shunday.

Allohga shukur. Shuning uchun ham shukur. Bugun ilk bora ko’zimga hech narsa ko’rinmay qani endi yonimda bo’lsangizu shundoq ko’kragingizga bosh qo’ysamda sekingina faqat qalbingiz eshitadigan qilib: “Menga sizdan boshqa hech narsa kerakmas, ikkimiz birgalikda Alloh rizoligi yo’lida hayot kechirsak bo’lgani, qolganlar nimani istasalar olsinlar faqat sizu meni ajratmasalar bo’ldi” degim keldi. Buni qalbim tili ila sizning qalbingizga yetkazgim keldi.

Yaxshilik ila tugagan har ish yaxshilikdir. Inshaalloh.

Demak bu kichik hodisani ham noxushlik deya atash Allohni g’azabiga uchratar.

Xa o’shal zahot, jahlimizni chiqargandir, g’ururimizni toptagandir, xo’rligimizni keltirgandir, lekin natijaga boqsak qanday go’zal. Oydanda go’zaldir, kundanda go’zal.

Bilmam, menga shunday go’zallikni yana bir bor xis ettirgan ekan, men faqat shukur qilaman.

Hech kimdan xafa ham emasman, ginakor ham emasman !

Bunday og’ir toshni shayton kabi ko’tarib yurishdan Allohning o’zi asrasin. Alloh SWTning O’zi kechirimli zot ekan, banda kechirimli bo’lmaslikka haqqi yo’q. Zotan shunday ekan, o’shal toshbo’ron bo’lgan va hamma joyidan qon sizib chiqayotgan payg’ambarimiz Muhammad SAWning ham ularni toshbo’ron qilganlar uchun Allohdan mahfirat so’raganliklari (vaallohi a’lam)ni bilib turib, biz oddiy bandalar eng buyuk va komil inson sunnatlaridan yuz o’girishga haqqimiz yo’q. Undanda to’g’ri yo’l ham topa olmasmiz. Zero Alloh undan boshqa yo’l tutganlarni adashganlardan (vaallohi a’lam) deb qo’ygan ekan. Undaylar qavmidan bo’lishdan o’zi asrasin.

Bizni to’g’ri yo’lida sobitqadam qilsin.

O’ylay o’ylay shukrona tilimdan tushmas.

Ha bu narsa ular ila yana yaqinlashtirdi. Shundan xursandman. Nega hursand bo’lmay axir. Ularning har bir so’zlari qalbimni yarasiga malham bo’lar va mana shu suhbatning o’zida bitib ketishiga ham imkon berdi. Bundan ortig’ini so’rash mumkinmi? Shunday ne’matga hamd aytmoqlik mumkinmi? YO’Q!

Shukur, shunday tashidan yoqimsiz, ichidan esa ohanrabodek go’zal va yorqin ne’mat ila Allohim o’z qudratini yana bir bor ko’rsatdi. Subhanalloh!

Axir bu ne’mat zahirida yotgan go’zallikni tushunib yetish ham bir baxt ekan! Shu baxtni nasib aylagan Allohga yarartgan narsalari qadari hamdlar bo’lsin.

Endi bu yo’g’iga Allohim hammamizga insof bersin, iymonimizni mustahkamlasin, rahmon yo’lidan adashtirmasin, ezgu orzularimizdan qanotlanib ularning Allohga yoqadiganlari ushalishi uchun O’zi qo’llasin, kerakli vaqtda kerakli so’zu harakat ila hammasini risoladagidek qilishga erishishimizni nasib qilsin!

Inshaalloh mana Allohning go’zal va pok nikohi ila oila qurganimizga shul zamon vaqti ila bir oy bo’libdi. Shunday go’zal shukrona ila qarshilayotgan ekanmiz, men sizni shu munosabat ila chin yuragimdan tabriklayman! J

Allohim bizni o’zi yaxshi ko’radigan solix, fayzli, barakotli oilalardan qilsin, halol rizqi ila rizqlantirsin, inshaalloh O’z huzuridan yaxshi ko’rgan solih, mo’min, xolis, to’rt muchasi sog’, aqlli xushli, ko’zimizning nuri, qalbimizning sururi bo’ladigan, inson hurmatini biladigan, Muhammad SAWning ummatlaridan bo’ladigan bandalaridan bizga farzandlar ato etsin!

Omin!

Izlagan topadi” deganlari shu bo’lsa kerakda.

Allohga shukurki ko’nglim behalovat bo’lib qolgan edi bitta tilovat orqali yana Sakiynat qaytib, qalbim huzurlanib qoldi. Yo Xaq yaratgan narsalaring qadar o’zingga shukur! Mana shunday go’zal hissiyotlarni, sening yaratgan va berayotgan ne’matlaringning huzurini tuya bilishni nasib aylaganingga shukur.

Iymon nuridan qalbimiz doimo porlab tursin Ilohim!

Omin!