Bezaman yana eshitgan sayin

Shu dunyoning kirdikorlarin.

Allohim o’zingga ayon taqdirim

Yolg’iz O’zginangga tavakkul qildim.

Olib tashla yurakdan bu noxushlikni

O’zinggada soldim ozor berganni

Axir hisob-kitob borilgin bilmasmi

Ul banda, eh mayli isyonkor etmasin!

Sabrimni charxlaysan shularla asli

Xulqimni ravon qil deganim misli

Eshitgansanu boshlading ishni

Eng muhimi bunda qil xolisa meni.

(c) Sakina

Taqdir yuki boshimga balolig’ bo’ldi,
Har neniki ayladim hatolig’ bo’ldi,
Oz yurtni qo’yib Hind (Garb) sori yuzlandim,
Yo Rab netayin, bu ne yuz qarolig’ bo’ldi.

Zahiriddin Muhammad Bobur